Kontent qismiga oʻtish

Kolorado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kolorado
Colorado
Shtat
Kolorado bayrogʻi Kolorado tamgʻasi
Kolorado bayrogʻi Kolorado tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Centennial State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Denver
Eng yirik shaharlar Denver
Colorado Springs
Aurora
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 8-oʻrinda

269,601 km²
0.36 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 22-oʻrinda

4,665,177
16.01 kishi/km²
7
9

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 21-oʻrinda

$199,969 million
$43,454

Ittifoqqa kirish

   • Sana

38-boʻlib

1-avgust 1876

Vaqt UTC-7 (MST)
Qisqartma CO [8]
Shtat guli Rocky Mountain Columbine

(Aquilegia caerulea)

Shtat daraxti Colorado Spruce

(Picea pungens)

Kolorado — AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 270 ming km². Aholisi 4,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Denver shahri Shtatning oʻrta qismidan shim.dan janubga tomon Qoyali togʻlar kesib oʻtgan. Sharqida Buyuk tekisliklar, gʻarbida Kolorado platosi joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekislik va platolarda 0—4°, iyulni-ki 20—22°. Yillik yogʻin 300–400 mm atrofida. Asosiy daryolari: Sautt-Platt, Arkanzas, Rio-Grande va Kolorado. Oʻsimlik dunyosi sharqida dasht, gʻarbida chala choʻl oʻsimliklaridan iborat. Togʻ yon bagʻirlari igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan.

Kolorado — industrial-agrar shtat. Nodir va rangli metallar, uran, oltin, neft, toshkoʻmir konlari bor. Molibden olish boʻyicha mamlakatda yetakchi oʻrinda. Oziqovqat, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik, kimyo va rezina sanoati korxonalari mavjud. Mashinasozlikning turli sohalari (kon va yoʻl qurilish jihozlari ishlab chiqarish, radioelektronika, raqsta-kosmik sanoati) rivojlangan.

Koloradoning yetakchi tarmogʻi — goʻsht chorvachiligi. Daryo vodiylaridagi sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Buyuk tekisliklarda, asosan, bugʻdoy yetishtiriladi.[1]

Kolorado - Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti - Denver shahri. AQSh ittifogʻiga 1-avgust 1876-yilda kirgan, undan oldin - Colorado Territory.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil