Montana
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Helena | ||||
Eng yirik shaharlar | Billings Missoula Great Falls | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 4-oʻrinda 380,838 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 44-oʻrinda 935,670 | ||||
YIM |
AQSh: 47-oʻrinda $27,482 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
41-boʻlib 8-noyabr 1889 | ||||
Vaqt | UTC-7 (MST) | ||||
Qisqartma | MT [30] | ||||
Shtat guli | Bitterroot | ||||
Shtat daraxti | Ponderosa Pine |
Montana — AQShning shim.gʻarbiy qismidagi shtat. Togʻli shtatlar guruhida. Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 380,8 ming km². Aholisi 909,4 ming kishi (2002), shundan shahar aholisi 52%. Maʼmuriy markazi — Xelina shahri. Yirik shaharlari: Billings va Great Falls. Shtatning gʻarbiy qismini Qoyali togʻlar egallagan, sharqiy qismi Preriy platosidan iborat. Iqlimi moʻtadil, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha havo harorati —8°, iyulniki 20°. Yillik yogʻin 350–400 mm. Yirik daryolari: Missuri va uning irmogʻi Yellouston. M. hududida Gleysher va Yellouston milliy parklarining bir qismi joylashgan.
M. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — kon sanoati va ekstensiv qishloq xoʻjaligi. Mis, qoʻrgʻoshin va rux eritish, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: bugʻdoy va qand lavlagi. Milliy parklarga koʻplab turistlar keladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |