Kontent qismiga oʻtish

Vashington (shtat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vashington shtatidan yoʻnaltirildi)
Vashington
Washington
Shtat
Vashington bayrogʻi Vashington tamgʻasi
Vashington bayrogʻi Vashington tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Evergreen State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Ottava
Eng yirik shaharlar Seattle
Spokane
Tacoma
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 18-oʻrinda

184,665 km²
6.67 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 14-oʻrinda

6,287,759
34.2 kishi/km²
10
12

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 14-oʻrinda

$261,549 million
$42,137

Ittifoqqa kirish

   • Sana

42-boʻlib

11 noyabr 1889

Vaqt UTC-8 (PST)
Qisqartma WA [53]
Shtat guli Coast Rhododendron

(Rhododendron macrophyllum)

Shtat daraxti Western Hemlock

(Tsuga heterophylla)

VashingtonAQShning shimoligʻarbidagi shtat. Shimolida Kanada bilan chegaradosh. Maydon 176,6 ming km2. Aholisi 5,2 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Olimpiya shahar. Eng yirik shahri — Sietl. Vashington hududining koʻp qismi togʻlar va yassi togʻlardan iborat. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi gʻarbida 4°, sharqida —2°, —3°, iyulniki gʻarbida 16—17°, sharqida 20—23°. Yillik yogʻin 400–2000 mm. Togʻlarida igna bargli oʻrmonlar bor. Daryolari (Kolumbiya va uning irmoqlari) sersuv. Bir qancha GES qurilgan. Gidroenergiyaga boyligi jihatidan AQSH shtatlari orasida 1-oʻrinda. Rangli va qora metallurgiya tarmoklaridan alyuminiy, ferroqotishma, elektrkimyo va atom sanoatlari taraqqiy etgan. Pyujet-Saundda kemasozlik korxonalari va harbiydengiz bazasi bor. Aviaraketa sanoati Sietlda ("Boing" zavodi) joylashgan. Vashington AQShda yogʻoch tayyorlash va yogoch sanoati boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Fanera va qogʻoz ishlab chiqariladi. Baliq-konserva sanoati rivojlangan. Vashingtonda Kanadadan keltirilgan neftni qayta ishlovchi zavod qurilgan. Qishloq xoʻjaligi kam taraqqiy qilgan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning yarmi ekinzor, qolgani yaylov. Dengiz boʻyi rayonlari sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Kolumbiya platosida bugʻdoy ekiladi, meva yetishtiriladi. Dengiz boʻylarida baliq ovlanadi. Vashingtondan muhim avtomobil va transport yoʻl oʻtgan. Asosiy portlari — Sietl va Takoma.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil