Kontent qismiga oʻtish

Hasan Joʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hasan Joʻrayev
O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi-
Mansab davri
1952 – 1954-yillarda
Oʻtmishdoshi Nuritdin Akramovich Muhitdinov
Vorisi Siroj Nuritdinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1906-yil
Тoshkent
Vafoti 1954-yil
Stalinobod, Tojikiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Hasan Joʻrayev (1906-yil Toshkentda tug‘ilgan — 1954-yil Stalinobod, Tojikiston SSRda vafot etgan) — sovet partiya yetakchisi, O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi  birinchi kotibi (1952 — 1954-yillarda).

Hasan Joʻrayev 1906-yil Toshkentda dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1924-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (РКП (б)) aʼzosi hisoblangan.

Joʻrayev mehnat faoliyatini 1918-yilda Qoʻqonda temiryoʻlchi sifatida boshlagan. 1922 — 1925 yillarda Eski Buxoro stansiyasida qorovul boʻlib ishlagan.

  • 1925 — 1927-yillarda  Eski Buxoro shahridagi partiya maktabi o‘quvchisi;
  • 1927 — 1929-yillarda  Tojikiston Kompartiyasi Qashqadaryo okrug qoʻmitasi targʻibotchisi sifatida olib borgan.
  • 1929 — 1931-yillarda esa Tojikiston SSRning Ko‘lob va Garm shaharlarida Qizil Armiya safida xizmat qilgan.
  • 1931-1932-yillarda Tojikiston Kompartiyasi Hoyit (hozirda Rasht tumaniga kiruvchi mahalla maqomiga olingan) tuman qo‘mitasi mas’ul kotibi;
  • 1933 — 1940-yillarda Stalinoboddagi O‘quv va ishlab chiqarish zavodi (UPKM) inspektori;
  • 1940 — 1942-yillarda Tojikiston Kommunistik partiyasi Dushanbe tuman qoʻmitasi birinchi kotibi;
  • 1947-yilda — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent viloyatqoʻmitasining birinchi kotibi;

1952 — 1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi vazifalarida faoliyat yuritgan.