Kontent qismiga oʻtish

Hasan Odilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hasan Pirmatovich Odilov (24-iyul 1960-yil, Toshkent) — yogʻoch oʻymakori. Oʻzbekiston xalq ustasi (2002). 1982-yildan "Us to" birlashmasida ishlab Odilov Fayzullayevdan yogoch oʻymakorligi sirlarini oʻrgangan. 1991-yildan mustaqil usta. Respublika va xorijiy koʻrgazmalarda oʻzining "islimiy" va "girih" naqshli yogʻoch oʻymakorligi asarlari bilan qatnashib kelmoqda. Toshkentdagi "Toshkent kuranti" binosi zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi zali va boshqa maʼmuriy binolarning yogʻoch oʻymakorligi bezaklarini bajargan. Iqti-dorli ustaning Buxoriy yodgorlik majmui, Toshkentdagi xotira maydonidagi ayvonning ustun bezaklari diqqatga sazovor. Odilovning kursi va xontaxtalari koʻp qirrali, oʻziga xos ishlov berilganligi bilan ajralib turadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil