Hasan Rasulov
Qiyofa
Hasan Gʻofurovich Rasulov (1913.15.3, Qizil Urda shahri, Qozogʻiston — 1992.22.3, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), professor (1965). Toshkent kechki pedagogika institutida oʻqituvchi (1933-yildan), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti falsafa kafedrasining mudiri (1948—67). 1968-yildan Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti falsafa kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari axloq, falsafa fanlarini oʻqitish metodikasi masalalariga bagʻishlangan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |