Hasan Xudoyberdi oʻgʻli
Qiyofa
Hasan Xudoyberdi oʻgʻli (1890 — Namangan — 1938) — oʻzbek xalq ertakchisi. Yoshligida otasi vafot etib, boylar eshigida qarollik qilgan. Namanganlik usta Esondan er-taklar oʻrganib, xalq orasida aytib yurgan. 1917-yildan Namangan temir yoʻl boshqarmasida ishchi boʻlib ishlagan. H.X.oʻ. dan "Bulbuligoʻyo", "Malikai Husno-bod", "Kambagʻal qiz", "Kambagʻal qashshoq", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon", "Ozoda chehra" va boshqa mashhur ertaklar yozib olingan va nashr etilgan. H.X.oʻ. aytish usuli, mahorati, ertaklarining ijtimoiy va badiiyestetik ahamiyati jihatidan mumtoz ertakchilar qatorida turadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |