Kontent qismiga oʻtish

Hasan ibn Atahiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hassan ibn Atahiya
حسان بن عتاهية
Misr hokimi
Mansab davri
745-yil 21-mart – 745-yil 7-aprel
Oʻtmishdoshi Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf
Vorisi Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 750
Munosabatlari
  • Abdurahmon ibn Hassan (bobosi)
  • Hassan ibn Atahiya (katta bobosi)
Ota-onasi Atahiya ibn Abdurahmon

Hasan ibn Atahiya (arabcha: حسان بن عتاهية) (750-yilda vafot etgan) – 745-yilda bir muddat Umaviylar xalifaligining Misrdagi hokimi.

Banu Tujib qabilasi aʼzosi boʻlgan Hasan ibn Atahiya Misrning islomiy fathida ishtirok etib, Roshidun xalifasi Umarning hamrohi boʻlgan Hasan ibn Atahiyaning avlodi edi[1]. Bobosi Abdurahmon ibn Hasan Abdulaziz ibn Marvon (h. 685–705) hukmronligi davrida Misr mirshablar boshligʻi (sohib ash-shurta) boʻlib xizmat qilgan[2].

745-yilda Hasan xalifa Marvon ibn Muhammad tomonidan Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiyning oʻrniga Misr hokimi etib tayinlandi. Mart oyida viloyatga kelganida Hasan dastlab Hafs tomonidan tuzilgan armiya boʻlinmalarini tarqatib yuborishga harakat qildi, ammo askarlar zoʻravonlik bilan bunga qarshi chiqishdi va natijada qoʻzgʻolon boshlandi. Askarlar Hafsdan boshqasini viloyat hokim sifatida tan olishdan bosh tortishlarini bildirishdi, Hasan ibn Atahiyani oʻz qarorgohida qamal qilishdi, yana boshqa askarlar esa Amir masjidiga borib, Marvonni xalifalikdan chetlatishga chaqirishdi. Oxir-oqibat, Hasan ham, mahalliy xiroj soligʻi xodimi ham viloyatni tark etishga majbur boʻlidi, Hafs hokimiyatni qayta tikladi. Hasan ibn Atahiya atigi 16 kun davomida Misr hokimligini qoʻlida ushlab turdi[3].

Misrdan quvilganidan keyin Hasan Suriyaga yoʻl oldi va Marvonga boʻlgan voqeani aytib berdi[4]. Tarixchi al-Kindiyning soʻzlariga koʻra, Hasan keyinchalik Misrga qaytib kelgan, Havsara ibn Suhayl Hafs va uning tarafdorlarini hokimiyatdan „tozalaganidan“ keyin sohib ash-shurta etib tayinlangan[5]. Tarixchi Ibn Tagʻribirdiy esa Abbosiylar inqilobiga qadar Hasanning Umaviylar saroyida qolganini daʼvo qiladi[1]. 750-yilda Umaviylar hokimiyatining qulashi ortidan Hasan ham inqilob qurboni boʻlgan, yangi hokim Solih ibn Ali huzuriga olib kelinib, u kaltaklangan va qatl qilish uchun topshirilgan[6].

  1. 1,0 1,1 Ibn Taghribirdi 1929.
  2. Al-Kindi 1912.
  3. Kennedy 1998, s. 75; Al-Kindi 1912, ss. 85–86; Ibn Taghribirdi 1929, ss. 300–01; Severus 1910, ss. 115 ff.; Ibn 'Asakir 1995, ss. 436–37. This last author (ibid.) also claims that Hassan was governor during the reign of Hisham ibn Abd al-Malik, and furthermore (Ibn 'Asakir 1997, s. 225) makes a reference to his presence at the Battle of Bagdoura in 741.
  4. Al-Kindi 1912, s. 86; Ibn Taghribirdi 1929, s. 301, 302.
  5. Al-Kindi 1912, s. 89. He may also have been appointed as interim governor after Hawtharah’s departure from Egypt in 749; Al-Kindi 1912, s. 92.
  6. Robinson 2010, s. 240; Al-Kindi 1912, s. 98; Ibn Taghribirdi 1929, s. 317; Ibn 'Asakir 1995, s. 437.
Oldingisi Misr hokimi
745
Keyingisi