Hasanxon Niyoziy
Hasanxon Niyoziy | |
---|---|
Tavalludi |
1895-yil |
Vafoti | 1938-yil |
Kasbi | Pedagog |
Turmush oʻrtogʻi | Toiraxon G‘ozixo‘ja qizi |
Bolalari |
Odilxon, Basimaxon Sitoraxon, Nohidxon |
Otasi | Muhammad Musa |
Onasi | Hanifa otin |
Hasanxon Niyoziy (1895-yil, Andijon — 1938-yil, Andijon) — ziyoli, pedagog olim. Hasanxon Niyoziy mashhur pedagog, fizik olim, shoir Husaynxon Niyoziyning akasi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hasanxon Niyoziy dastlab eski maktabda, 1902—1912-yillarda katta ukasi Husaynxon, kichik ukasi Salimxon bilan otasi Matmusoxon Niyoziy (Xast eshon domla)ning madrasasida (keyinchalik „Mehnat guli“ arteli) taʼlim oladi. O‘zbek, arab, fors tillarini mukammal egallaydi. So‘ng 4 yil davomida rus-tuzem maktabida oʻqiydi. Musiqa va rasm chizishni mustaqil o‘rgangan. Aka-ukalarning Andijondagi uylarida Ahmad Yassaviydan tortib So‘fi Olloyorgacha, Cho‘lpondan to Xemingueygacha bo‘lgan alloma va adiblarning kitoblari turgan. Bu xonadonga Hamza, Alixonto‘ra Sog‘uniy, Hamid Olimjon, Munnavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Oybek, Sanjar Siddiq, Toshmuhammad Qori Niyoziy, Nabi Rasuliy, Yunus Rajabiy, G‘ulom Zafariy, Abbos Bakirovlar tashrif buyurib turishgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hasanxon Niyoziy 1917-yildan „Sho‘roi Islom“ning Andijondagi faoliyatida ishtirok etgan. 1917—1927-yillarda diniy sohada faoliyat yuritgan. H.Niyoziy 1919—1921-yillari qurolli qarshilik harakatining faoliyatida ishtirok etgan, qo‘rboshilarni qo‘llab-quvvatlagan. 1921-yilda „Milliy ittihod“ tashkilotiga raislik qilgan. Bu tashkilot doirasida maʼrifatparvarlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Andijondagi maktablarda taʼlim bergan. 1927-yil otasi vafot etgach, padari buzvukrori ishini o‘z zimmasiga olgan. 1932—1934 yillarda Andijon suv xo‘jaligi idorasida miroblik vazifasida ishlagan. 1934—1937-yillarda shahardagi 18-o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, shu bilan birga o‘qituvchilar tayyorlash bilim yurtining kechki bo‘limida o‘qigan. 1937-yil iyul oyida qamoqqa olingan[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bobosi Muhammadxon Niyoz o‘g‘li, otasi Matmusa (Muhammad Musa) asli Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidan bo‘lgan. Onasi Hanifa otin ziyoli ayollardan edi. Uning Husanxon va Salimxon ismli ukalari bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i Toiraxon G‘ozixo‘ja qizi bo‘lgan. Ularning Odilxon, Basimaxon, Sitoraxon, Nohidxon ismli farzandlari bo‘lgan.
Qatagʻon qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hasanxon Niyoziy 1931-yili GPU organlari tomonidan hibsga olingan, 5 kun turmada saqlangan.
1931-yil aksilinqilobchi arboblardan Muso Nurullo hojining muhojirlikka chiqib ketishiga yordamlashganlikda, yapon fashistlarini maqtab, „Musulmonobod“ davlat tuzish g‘oyasini targ‘ib etganlikda ayblangan. 1937-yil 2-iyulda Ichki Ishlar Xalq komissarligi tomonidan „Milliy ittihod“ tashkiloti aʼzosi sifatida hibsga olinadi. O‘zSSR NKVDsi „uchligi“ tomonidan otuvga hukm qilingan. Hukm 1938-yil 14-dekabrda ijro qilinib, otib tashlanadi[2]. Hasanxon Niyoziy 1959-yili aybsizligi isbotlanib oqlangan.
2019-yilda „Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyida, muzeyning Andijon va Guliston davlat universitetlari qoshidagi sho‘balarida ham aka-uka Hasanxon va Husaynxon Niyoziylarning ekspozitsiyasi ochilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhiddin POLVON „Qismat“. uza.uz. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.
- ↑ SHOMAQSUD ISOQOV „SAMOLYOT YASAGANI UCHUN QAMALGAN OLIM“. ziyouzcom. Qaraldi: 24-iyun 2023-yil.