Hasyim Asy'ari masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hasyim Asy'ari masjidi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Jakarta
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmor Adhi Moersid Adhi [1]
Qiymati 12.8 million dollar
Asosiy sana:
2017-yil
Bino maydoni 16,985 m2 (182,830 kv. ft)
Minoralar soni 5

Hasyim Asy’ari masjidi – Indoneziyaning Gʻarbiy Jakarta hududidagi Kalideres qismi Semanan shahrida joylashgan masjid. Masjidga Indoneziya Milliy Qahramoni, Nahdlatul Ulama asoschisi Hasyim Asy’ari nomi berilgan. Masjid 2017-yil 15-aprelda Indoneziya Prezidenti Joko Widodo tomonidan ochilib berilgan. Masjid Jakarta shahar maʼmuriyati tomonidan toʻliq boshqariladigan birinchi masjiddir[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joko Widodo 2012-yilda Jakarta gubernatori boʻlganida shaharga tegishli katta masjid qurish gʻoyasini ilgari surgan edi. Keyinchalik Ahok 2013-yil iyun oyida masjid qurilishini ochib berdi[3]. Masjid qurilishiga 12,8 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ sarflangan. U 2017-yil 15-aprelda ochilgan.

Dizayni va jihozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid islom ustunlari ramzi boʻlgan besh minora tushunchasi asnosida Betavi ornament nuanslari bilan bezatilgan. Masjid tipik Betavi bapang uyi tushunchasini asnosida qurilgan. Binoning shakli ibodat joyining maxsus markaziy qismi bilan „T“ harfini hosil qiladi. Masjidning old tomonida ikkita, oʻng qanotida ikkita, chap qanotida esa bitta minora bor. Masjid qanotlari boshqa inshootlar uchun qurilgan. Markazda bitta katta uchburchak va old tomonda toʻrtta kichik uchburchak shakldagi hududlar mavjud. Masjid majmuasida dehqonchilik uchun keng hovli ajratilgan[4].

2,4 gektar maydonda qurilgan masjidda jami 12500 kishi namoz oʻqishi mumkin[5]. Masjidda ofis, 1000 kishiga moʻljallangan tadbir zali va kutubxona mavjud.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mengintip Masjid Raya KH Hasyim Asyari“. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  2. „Jokowi to inaugurate Jakarta grand mosque“. The Jakarta Post. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  3. „Ahok to Name New Jakarta Mosque After NU Founder Hasyim Asy'ari“. Jakarta Globe. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  4. „Diresmikan Jokowi, Begini Profil Masjid Raya KH Hasyim Asy'ari“. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  5. „Masjid KH.Hasyim Asy'ari“ (Indonesian). Sistem Informasi Masjid. 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-may.