Kontent qismiga oʻtish

Havo-kosmik samolyot

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Havo-kosmik samolyot - atmosfera (havo) va kosmik fazoda uchirishga moʻljallangan, ham samolyot, ham kosmik uchish apparati xususiyatlariga ega boʻlgan reaktiv uchish ap-parati. Xuddi samolyot kabi aerodromdan uchirilib, kosmik kema kabi tezligi orbital tezlikkacha yetkazilib. kosmik fazoda parvoz qilish va yana aerodromga qoʻndirishga moʻljallanadi. Asosiy vazifasi — uzoq muddat orbitada parvoz qiladigan ekipajli orbital st-yalarni zarur narsalar (oziq-ovqat, usqunalar) bilan taʼminlash va ekipajni almashtirish. Undan harbiy maqsadlarda ham foydalanish koʻzda tutiladi. H.-k.s.ning eksperimental loyihalari (mas, AQSH da "Astro", Angliyada "Mustard") yaratilgan, lekin biror samara bermagan.