Kontent qismiga oʻtish

Havo bilan isitish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Havo bilan isitish - xonalarni qizigan havo yordamida isitish. Havo qizdirgich, havo aylanadigan quvurlar, havo haydovchi va soʻruvchi qurilmalar, havoni ochib-yopish kla-panlaridan tashkil topgan. Havo issiq suv, bugʻ, yoqilgʻi va elektr quv-vati yordamida qizdiriladi. Qizigan havo polga, shipga yoki devorga oʻrnatiladigan agregatlar yordamida xonalarga yuboriladi.

H. bilan i.ning retsirkulyatsion (foy-dalanilgan issiq havodan yana foydalaniladigan) va ventilyatsiya bilan qoʻshilgan xillari mavjud. Birinchi usulda qizdiriladigan havo istilayotgan xonaning oʻzidan olinadi. Ikkinchi usulda esa havoning bir qismi tashqaridan, qolgan qismi xonaning oʻzidan olinadi. Tashqi va ichki havoning hajmini istalgan nisbatda oʻzgartirish mumkin. Qizdiriladigan havoni faqat tashqaridan oladigan tizimlar ham bor. Bunday tizimlar, mas, bitta havo qizdirgich bilan bir necha xonadonni isitishda qoʻllanadi (bunday holda sirkulyatsiya orqali havoning bir xonadondan ikkinchi xonadonga oʻtishi maqsadga muvo-fiq emas). Ish jarayonida zararli gaz yoki chang chiqadigan sanoat binolarida ham sirkulyatsiyadan foydalanilmaydi. H. bilan i. tizimlarida havoning harakati havo qizdirgichdan oldingi va keyingi temperaturalar hamda havo zichligi farqi evaziga tabiiy holatda yoki mexanik haydash tufayli sodir boʻladi. Keyingi holda elektr ventilya-torlardan foydalaniladi.

H. bilan i.ning boshqa markaziy isi-tish tizimlaridan afzalligi shunda-ki, bunda metall kam sarflanadi (chunki suv yoki bugʻ bilan isitish tizimlaridagi singari metall isitish jihozlari va quvurlaridan foydalanilmaydi). H. bilan i. ventilyatsiya bilan qoʻshilganda bir yoʻla xonadagi havoni moʻʼtadillashtiradi (konditsirlay-di). Sanoat binolari sexlarida, jamoat binolarida, xonalari koʻp boʻlgan binolarda (agar qurilish kon-struksiyalari boʻshliqlaridan havo kanali sifatida foydalanishning imkoni boʻlsa) H. bilan i. koʻproq samara beradi. H. bilan i., asosan, jamoat va sanoat binolarini isitishda qoʻllanadi. Rossiya, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarda H. bilan i. tizimi turar joy binolarida ham qoʻllana boshladi.