Kontent qismiga oʻtish

Havo namligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Havo namligi — havodagi suv bugʻi miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi: 1) havodagi suv bugʻlari elastikligi ye (parsial bosim) mm yoki mb da oʻlchanadi; 2) mutlaq namlik; 1 g/sm3hajmdagi havoda mavjud boʻlgan suv bugʻlari miqdori; g/m-’ bilan oʻlchanadi; 3) nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bugʻi elastikligining xuddi shu temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elas-tikligiga nisbatini ifodalaydi, yaʼni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi; 4) namlik yetishmovchiligi a1 — maʼlum temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elastikligi Ye bilan havo tarkibidagi mavjud suv bugʻi elastikligi ye ayirmasiga teng, yaʼni a"= YE—e; 5) shud-ring nuqtasi t — oʻzgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bugʻlarining toʻyinguniga qadar sovitish uchun lo-zim boʻlgan temperatura.