Kontent qismiga oʻtish

Havo yostigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Havo yostigʻi — mashina (mas, avtomobil, teplovoz va boshqalar)ning asosi (tag sirti) bilan tayanch sirt (mas, yer sirti, suv sirti) orasida, mexanizmlarning qoʻzgʻalmas va qoʻzgʻaluvchan elementlari orasida hosil qilinadigan yuqori bosimli havo sohasi. Oʻzaro tutashuvchi ikki sirt orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirish va tezlikni oshirish uchun qoʻllanadi. Havo yostigʻini hosil qilishning statik va dinamik usullari mavjud. Statik usulda Havo yostigʻi ventilyator yoki kompressor yordamida, dinamik usulda havo oqimining nisbiy tezligi hisobiga hosil qilinadi. Havo yostigʻi hosil qilishning turli tuman sxemalari yaratilgan. Shularning ichida kamerali, soploli, tirqishli va qanotli sxemalar koʻproq ishlatiladi (rasmga q.). Havo yostiqli kemalar, poyezdlar (mas, Yaponiyada), ekranoplan va boshqa yaratilgan, lekin hali keng rasm boʻlganicha yoʻq.