Havsara ibn Suhayl
Havsara ibn Suhayl حوثرة بن سهيل | |
---|---|
Misr hokimi | |
Mansab davri 745 – 749 | |
Oʻtmishdoshi | Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy |
Vorisi | Al-Mugʻiyra ibn Ubaydulloh al-Fazoriy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti | taxminan 750 |
Otasi | Suhayl |
Havsara ibn Suhayl al-Bohiliy (arabcha: حوثرة بن سهيل) (750-yilda vafot etgan) – Umaviylar xalifaligi hukmronligining soʻnggi yillarida badaviy arab maʼmuri va harbiy boshliq. Faylasuf al-Kindiy tomonidan notiqligi bilan mashhur boʻlgan shaxs deya taʼrif berilgan[1].
Havsara milodiy 745-yilda (hijriy 128) xalifa Marvon II tomonidan Misr hokimi etib tayinlangan va Bilod ash-Shom (Suriya) armiyasidan jalb qilingan katta qoʻshin bilan Misrga joʻnatilgan. Oʻsha paytda Misrda amalda Marvon II taxtga oʻtirganidan keyin isteʼfoga chiqqan sobiq hokim Hafs ibn al-Volid hukmron edi. Hafsning arab boʻlmagan musulmonlardan (maqomisa va mavoliy) iborat qoʻshini yaʼni hafsiylar uni hokimiyat tepasiga qaytishga majbur qilgan. Biroq Hafs Havsaraga qarshilik koʻrsatishdan bosh tortgan va baʼzi muzokaralardan soʻng Misr poytaxti Fustotga joʻnagan[1].
Hokimiyat tepasiga kelgan Havsara Hafsiya rahbariyati aʼzolarini „tozalash“ ishlarini boshladi va Hafsning oʻzini qatl qildi. Mavoliy va Qays qabilaviy ittifoqlaridan 2300 nafar askar toʻpladi. Misrni qoʻlga kiritish jarayoni zoʻravonlik bilan kechdi[1]. Bashmurda Qibtiylar tomonidan koʻtarilgan qoʻzgʻolonni bostirishga toʻgʻri keldi. Savirus ibn al-Muqaffaʼning yozishicha, Havsara isyonchilarga qarshi quruqlik va dengizdan bir necha marta hujum uyushtirgan, biroq ularni boʻysundira olmagan. 749-yilda Marvon II ning oʻzi Suriya qoʻshinI bilan yetib kelgan, ammo uning sulh taklifi rad etilgan. Muammoli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Havsara Qibtiylar qabilasi bosgligʻi Michael I ni asirga olib, uni Rashid shahrida ushlab turgan va oʻldirish bilan tahdid qilgan. Biroq bu urinish muvaffaqiyatsiz boʻlib, isyonchilar Rashidni talon-toroj qilishgan[2]. Michael I ni qatl qilishga buyruq berilgan boʻlsa-da, Havsara oxirgi daqiqada bu ishni toʻxtatib qolgan[3].
749-yil yanvar oyida Havsara Abbosiylar qoʻzgʻoloni paytida Ibn Hubayra kuchlarini mustahkamlash uchun yuborildi[1]. At-Tabariyning soʻzlariga koʻra, u Fallujaga 20 000 nafar suriyalik qoʻshin, shu jumladan, otliq askarlarni olib kelgan. Qahtaba ibn Shabib Kufaga yurish boshlaganida, Havsara Ibn Hubayraga Xurosonga borishni maslahat bergan. Qahtaba uni taʼqib qilgan yoki Kufada Marvon qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchragan. Biroq Ibn Hubayra bu maslahatga amal qilmagan va Havsarani qoʻshinga boshliq qilib tayinlab, Kufaga Qahtabadan oldin yetib borishni buyurgan.749-yilning 28-avgustida Kufa yaqinida katta jang boʻlib, unda Qahtaba halok boʻlgan, biroq shunga qaramay, Umaviylar qoʻshini chekinishga majbur boʻlgan. Qoʻshin Havsara Qasr ibn Hubayra degan joyga qadar chekingan[4]. U yerdan Kufaga yurishni rejalashtirgan. Qasr ibn Hubayrada hokim Muhammad ibn Xolid al-Qasriy qoʻzgʻolonga qoʻshilgan edi. Havsaraning askarlari uni tashlab keta boshlaganida u Vositda Ibn Hubayraga qoʻshilishga qaror qilgan[4].
Havsara Ibn Hubayraga Vositda qolmaslikni maslahat bergan, biroq uning soʻzi eʼtiborsiz qoldirilgan[4]. Vosit oʻn bir oy davomida qamal qilingan, shu vaqt ichida Havsara shurta boshligʻi boʻlib xizmat qilgan[5]. At-Tabariyning yozishicha, qoʻshin taslim boʻlganidan soʻng, Havsara Abu Jafar al-Mansurning buyrugʻi bilan qatl etilgan[4]. Biroq tarixchi Savirus ibn al-Muqaffa tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Havsara Marvon II tomonidan Misrda qatl etilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Kennedy 1998.
- ↑ Megally 1991.
- ↑ Swanson 2010.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 al-Ṭabarī 1985.
- ↑ 5,0 5,1 Crone 1980.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9.
- Kennedy, Hugh „Egypt as a Province in the Islamic Caliphate, 641–868“, . The Cambridge History of Egypt, Volume 1: Islamic Egypt, 640–1517 Carl F. Petry: . Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 62–85-bet.
- Megally, Mounir (1991). "Bashmuric Revolts". in Aziz Suryal Atiya. The Coptic Encyclopedia. 2. New York: Macmillan Publishers. cols. 349b–351b. http://ccdl.libraries.claremont.edu/cdm/singleitem/collection/cce/id/326.
- Swanson, Mark N.. The Coptic Papacy in Islamic Egypt (641–1517). Cairo: American University in Cairo Press, 2010.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXVII: The ʿAbbāsid Revolution, A.D. 743–750/A.H. 126–132, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985. ISBN 978-0-87395-884-4.
Oʻtmishdoshi: Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy |
Misr hokimi 745–749 |
Vorisi: Al-Mugʻiyra ibn Ubaydulloh al-Fazoriy |