Haybar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Haybar arabcha: خيبر | |
---|---|
voha | |
25°41′55″N 39°17′33″E / 25.69861°N 39.29250°E | |
Mamlakat | Saudiya Arabistoni |
{{{mintaqa_turi}}} | Madina |
Asos solingan | mil. av. 6-asr |
Aholisi (2010) |
48 592 |
Milliy tarkib | arablar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
|
Haybar — Madinadan shimolda joylashgan voha boʻlib, mil. av. 6-asrdayoq mavjud bo‘lgan. Mil. 7-asrda Haybar hosildor, sersuv, xurmozor va dalalari bo‘lgan bir necha vodiylarda joylashgan. Aholisi yahudiy dehqonlar va yahudiylikni qabul qilgan arablardan tashkil topgan edi[1]. Muhammad (sav) taxm. 1,5 ming kishilik qo‘shin bilan o‘zlariga dushman bo‘lgan H. aholisi ustiga yurganlar. Bir yarim oylik qamal va H.ning g‘atafon qabilasidan bo‘lgan ittifoqchilari ketishi bilan voha zabt etilgan. Taslim bo‘lish haqida H. aholisi bilan tuzilgan bitimda H. harbiy o‘lja (g‘anima) deb qaralgan, chunki u kuch bilan egallangan edi (anvatan). Vohaning 1/5 qism yeri Muhammad (sav) foydalariga (harbiy yurish rahbari sifatida) va u zotning oilalari foydasiga o‘tgan. Yerning qolgan qismi jangchilar o‘rtasida taqsimlangan; mahalliy aholi dehqonchilik qilib, olingan hosilning yarmini musulmonlarga berishi lozim bo‘lgan. Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng qizlari Fotima H.dan olingan hosilning Rasululloh (sav)ga tegashli ulushiga merosxo‘r sifatida da’vogarlik qilgan. Xalifa Abu Bakr (ra) bu talabni rad etgan, bunga sabab qilib Muhammad (sav)ning "Mening merosxo‘rlarim yo‘q va mendan keyin qolgan barcha narsalar zakot kabi xayrli maqsadlarga mo‘ljallangan jamoaning mulkidir (sadaqa)" degan hadislarini keltirgan. Umar (ra) voha yerlarini qayta taqsim etib, H.ni egallagan jangchilar va ularning merosxo‘rlariga xususiy mulk qilib bergan.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haybar iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha maksimal, °C | 21,6 | 24,6 | 27,8 | 32,6 | 36,2 | 38,9 | 39,3 | 39,3 | 38,3 | 34,2 | 27,6 | 22,8 | |
Oʻrtacha minimal, °C | 9,1 | 7,6 | 12,2 | 16,0 | 20,7 | 24,0 | 24,7 | 24,8 | 22,6 | 18,4 | 13,0 | 9,0 | |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 9 | 3 | 14 | 12 | 5 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 17 | 8 | 73 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zuhriddin Husniddinov. Ne’matulla Ibrohimov: „ISLOM ENSIKLOPEDIYASI“ (oʻzbekcha). Toshkent: «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti (2004).[sayt ishlamaydi]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |