Kontent qismiga oʻtish

Haybatsoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haybatsoqi (1846 - hozirgi Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati — 1906) — soqi. H. koʻplab doston, ter-ma, qoʻshiqlarni yoddan bilgan, doʻmbirani turli usullarda cherta bilgan va jarangli ovoz sohibi boʻlgan. H. mashhur Qunduzsoqining shogirdi sifatida anʼanaviy laqay soqichilik maktabiga xos boʻlgan "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlardan "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Goʻroʻgʻlining Gur-jistonga borib, Avazxonni olib kelishi", "Ahmadning Goʻroʻgʻliga daʼ-vosi", "Goʻroʻgʻlining qoshiga ikki elchining kelishi", "Koʻktemir sav-dogarning Avazxonga dori berishi", "Goʻroʻgʻlining Rayhonarab bilan uru-shi", "Goʻroʻgʻlining Sanam va Gavhar nomli qizlari", "Avazxon va qorakoʻz", "Avazning Girdob koʻliga safari", "Guloyimpari", "Nurali" kabi dostonlar va xalq qoʻshiqlarini ijro etib, oʻziga xos maktab yaratgan. H.ning oʻgʻli Toʻlasoqi (1886—1968) ham yirik goʻroʻgʻlixon sifatida min-taqada shuhrat qozongan.