Haydarbek Abdujabborov
Qiyofa
Haydarbek Abdujabborov | |
---|---|
Айдарбек Абдуджабаров | |
Tavalludi |
1898-yil |
Vafoti | 8-oktyabr 1938-yil (39-40 yosh) |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | milliy va rus-tuzem maktabi (oʻrta) |
Kasbi | tarjimon, siyosatchi |
Faoliyat yillari | 1919—1929-yillar |
Mukofotlari |
Haydarbek Abdujabborov (ruscha: Айдарбек Абдуджабаров; 1898-yil, Jizzax — 1938-yil 8-oktyabr, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, tarjimoni. Sovet repressiyasi qurboni. Qizil Bayroq ordeni sohibi (1923-yil).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1898-yili Jizzax okrugi boshqarmasida tarjimoni oilasida tavallud topgan. Rus-tuzem maktabini tamomlagan (1911-yil, Samarqand). 1914-yilgacha Samarqanddagi 4 yillik shahar maktabida tahsil olgan. 1919-yil KPSS (baʼzi manbalarda 1917-yil, may oyi koʻrsatilgan) aʼzosi[1]. 1938-yil 8-oktyabr sanasida otuvga hukm qilingan[2]. 1957-yil 1-avgustda SSSR Oliy Sudi tomonidan oqlangan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jizzax okrugi sudi tarjimoni (1919-yil)
- Jizzax RKKA qoʻshinida polk harbiy komissari (1919-yil)
- Jizzax Bosmachilarga qarshi kurash boʻyicha maxsus vakil (1921-yil)
- Jizzax tuman komiteti kotibi (1922—1923);
- Samarqand viloyati komiteti siyosiy taʼlim boʻlimi boshligʻi (1923—1924);
- Tuman kompartiyasi qoʻmitasi axborot boʻlimi boshligʻi (1924-yil);
- Jizzax ijroiya qoʻmitasi maʼmuriy boʻlim boshligʻi;
- Jizzax tumani ijroiya qoʻmitasining tarjimoni;
- Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi maʼmuriy boʻlimi boshligʻi;
- Tojikiston SSR Moliya xalq komissari (1927-yil sentyabr);
- Toj. SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi vazifasini bajaruvchi (11-avgust—11-oktyabr 1928-yil);
- Oʻzbekiston SSR Bolalar komissiyasi Markaziy qoʻmitasi rais oʻrinbosari (1927—1928);
- Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent tumani komiteti instruktori (1928-yil);
- Oʻzbekiston KP Zomin tumani qoʻmitasi 1-kotibi (1928-yil, 29-mart);
- Zarafshon chap sohili irrigatsiya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (1929-yil noyabr)[4][3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АБДУДЖАББАРОВ Айдарбек“. stalin.memo.ru. Qaraldi: 19-iyul 2023-yil.
- ↑ Oʻzbekistonistonda Sovet davlatining qatagʻon siyosati: Kelib chiqishi sabablari va fojiali oqibatlari (pdf), Yusuf yangi nashr (uz), Toshkent: Shahidlar xotirasi jamoat fondi, 2012 — 194-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: E'lon qilinmagan urush (1929-1950) (qogʻoz), Info Capital Books (uz), Toshkent, 2022 — 640-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.
- ↑ „АБДУДЖАБАРОВ Айдарбек (Хайдарбек) / / [..1898 - ..“]. centrasia.org. Qaraldi: 19-iyul 2023-yil.