Kontent qismiga oʻtish

Hayitlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ramazon hayitligini olgan bola, Bandar-Abbos, Eron

Hayitlik (arabcha: عيدية) — Oʻrta Sharqda yashovchi arab va musulmon anʼanasi sifatida musulmonlarning asosiy ikki bayrami Roʻza hayiti va Qurbon hayitlarini nishonlash chogʻida kishilarning oila aʼzolari, yaqin qarindoshlari yoki qoʻni-qoʻshnilariga atab beradigan sovgʻa. Hayitlik sifatida, asosan, pul beriladi, bundan tashqari turli xildagi boshqa sovgʻa-salomlar ham ulashish mumkin[1][2][3].

Hayit chogʻida kichkina bolalar oilaning eng keksa aʼzolari oldida yoshiga qarab navbatga turishadi va ulardan oʻz sovgʻalarini yaʼni hayitliklarini olishadi.

Odatda, musulmonlar hayitlik sifatida quyidagilarni sovgʻalarni tuhfa qilishadi:

  • Oilaning katta yoshli aʼzolari tomonidan bolalarga pul;
  • Turmush oʻrtoqlariga koʻpincha zargarlik buyumlari, kiyim-kechak, soat, parfyumeriya yoki pardoz buyumlari;
  • Ota-onalar farzandlariga kiyim-kechak, poyabzal, oʻyinchoqlar, kitoblar yoki elektron jihozlar;
  • Ota-onalar va qaynona-qaynotalar katta yoshli bolalarga kiyim-kechaklar yoki kosmetika vositalarini berishlari mumkin.

Musulmon anʼanalariga koʻra, 17 yoshga toʻlgan kishilar kichiklarga hayitlik berishi kerak.