Hayitmurod Farmonov
Hayitmurod Farmonov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1933-yil Qashqadaryo viloyati |
Vafoti | Aniq emas |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Hayitmurod Farmonov sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hayitmurod Farmonov 1933-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Iqtisodchi KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi bo‘lgan.
Farmonov 1950-yildan 1993-yilgacha hududdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, u mehnat faoliyatini dehqonlikdan boshlagan. Keyinchalik, agronom, Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jalik sohasida ishlab chiqarish tashkilotchisi, Qashqadaryo viloyati Ulyanovsk tumanidagi „Qashqadaryo“ sovxoz direktori[1], Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Usmon Yusupov nomidagi sovxoz-texnika bilim yurti direktori vazifalarida faoliyat olib borgan[2]. Shuningdek, Oʻzbekiston Kompartiyasi Nishon tuman qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ham ishlagan[3].
Farmonov O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriqida deputat etib saylangan.
Davlat va siyosat arbobi Hayitmurod Farmonov Oʻzbekistonda istiqomat qilgan.
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Lenin ordeni (26.02.1981)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (12.10.1973-y; 25.12.1976-y)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 10.12.1973 // Kashkadarinskaya pravda. — 27 dekabrya 1973
- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 26.02.1981 // Kashkadarinskaya pravda. — 6 marta 1981
- ↑ Spisok deputatov Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR 12-go soziva // Pravda Vostoka. — 24 fevralya 1990