Hayotmamot pallasi
Asl nomi | Zeit zu leben und Zeit zu sterben |
---|---|
Muallif(lar) | Erix Mariya Remark |
Til | olmon |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 1954 |
Hayotmamot pallasi (nemischa: Zeit zu leben und Zeit zu sterben ) Olmoniya yozuvchisi Erix Mariya Remarkning romani. 1954 yil nashr etilgan.
Tafsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]1944 yil. Ikkinchi jahon urushi deyarli yakuniga yetgan.
Olmoniya qurolli kuchlar majmuasi qoʻshinlari Rossiya davlatiga hujum qilib, magʻlubiyatga uchraydilar.
Bosh qahramon Ernst Greber va uning vzvodi bir nechta partizanlarni harbiy asirga olib, ularni oʻqqa tutadilar.
Kutmaganda Greber uch haftalik taʼtilga ega boʻladi. U ota-onasi oldiga, Verdenbryuk shahriga yoʻl oladi. U yerda Greber urushdan pana topishga niyat qiladi. Ammo manzilga yetgach uning barcha umidlari barbod boʻladi. Chunki Verdenbryuk ommaviy magʻlubiyat qurollari olovi ostida qolib ketgan.
Greber ota-onasini izlab, Elizabet Kruzeni uchratadi. Elizabet urush girdobida otasidan mahrum boʻlgan.
Bundan tashqari u Alfons Bindingga duch keladi. Binding natsional-sotsialistik partiyasining kreysleyteri lavozimiga ega boʻladi.
Greber ger Polmanni yoʻqlab keladi. Polman bir paytlar Ernst o`qigan maktabda dars bergan. U urushning barcha qonunlarini hazar qiluvchi, bagʻri keng, rahmdil va ziyoli inson. Polman hatto oʻz hafvsizligiga ziyon yetkazgan holda, yahudiylarga yordam koʻrsatishga tayyor.
Koʻp oʻtmay Greber va Elizabet nikoh quradilar. Polman gestapo tomonidan hibsga olinadi. Binding esa vafot etadi. Greber yana frontga qaytishga majbur boʻladi.
Greberning vzvodi katta talofatlarga duch keladi.
Ular Rossiyada istiqomat qiluvchi keksa, erkak va ikki ayolni harbiy asirga oladilar. Shteynbrenner ruslarni partizanlar deb hisoblaydi. Ammo Greber bu fikrni rad etadi. Bu kelishmovchiliklar natijasida, Shteynbrenner Greber qoʻlidan halok boʻladi.
Greber ruslarni ozodlikka qoʻyib yuboradi. Ammo ohirgi lahzada, keksa yerdan soyli miltiqni olayotganini sezib qoladi.
Greber yanglishgan ekan, asirga olingan odamlar partizanlar edi. Greber vafot etadi.
Qahramonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ernst Greber-bosh qahramon. Urushning birinchi kunlaridan buyon Olmoniya qurolli kuchlar majmuasiga hizmat koʻrsatib kelgan. U Afrika, Yevropa va Rossiya frontlaridagi janglarda ishtirok etgan.
- Elizabet Kruze-20 yoshli qiz. Ernstning rafiqasi. Uning otasi konsentratsion lagerlarning birida vafot etadi.
- Professor Polman-Ernst oʻqigan maktabda dars bergan.
- Alfons Binding- Oʻtmishda Ernstning sinfdoshi boʻlgan. Natsional-sotsialistik partiyasining kreysleyteri lavozimiga ega.
Ekranlashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rejisser Duglas Sirk 1958 yil roman asosida "A Time to Love and a Time to Die" nomli film olgan. IMDb saytining roʻyxati boʻyicha mazkur film 7.9 ballga loyiq deb topilgan. Filmda professor Polman rolini Remarkning oʻzi ijro etgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- asar olmon tilida (Wayback Machine saytida 2014-07-14 sanasida arxivlangan)
- asar rus tilida (Wayback Machine saytida 2014-07-09 sanasida arxivlangan)