Hayvon devori
Hayvon devori | |
---|---|
Wal yr Anifeiliaid | |
Devorning bir qismi | |
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi | Cardiff, Uels |
Koordinatalar | 51°28′52″N 3°10′59″W / 51.481146°N 3.183024°W |
Qurilishi boshlangan | 1880-1930-yillar |
Egasi | Cardiff shahar konsulligi |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | William Burges |
Hayvon devori |
Hayvon devori (Uelscha: Wal yr Anifeiliaid) - Uelsning Cardiff shahri markazida, Castle kvartalidagi 15 ta hayvon tasvirlangan haykaltaroshlik devori. U Cardiff qalʼasiga kirish qismining gʻarbiy tomonida joylashgan boʻlib, 1930-yillarning boshlarida qalʼa oldidagi dastlabki holatiga koʻchirib oʻtkazilgan. Devor dizayni 1860-yillarda qalʼani qayta rekonstruksiya qilinayotgan vaqtda uchinchi Bute Markessi meʼmori William Burges tomonidan ishlab chiqilgan, ammo loyiha 1880-yillarning oxiri / 1890-yillarning boshlariga qadar amalga oshirilmagan. Burgesning sevimli haykaltarosh do'sti Thomas Nicholls tomonidan qilingan asl toʻqqizta hayvon haykalini oʻz ichiga olgan mazkur loyiha, ilgari Burgesga Cardiff qasrida va Castell Koch qurilishlarida yordam bergan William Frame rahbarligida amalga oshirildi. Devor XX asrning boshlarida koʻchirib o'tkazilganda, to'rtinchi Marquess haykaltarosh Alexander Carrickga hozirda Bute Parki oldidagi kengaytirilgan devorga koʻchirish oldidan yana oltita jonivor haykalini yasashni vazifa qilib berdi. Hayvon devori I darajali tuzilmalar sirasiga kiradi.
Tarix va tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]John Crichton-Stuart 1848-yilda otasining vafoti tufayli olti oylik chaqaloq holida Bute markissati lavozimiga tayinlandi[1]. 21 yoshida u katoliklikni qabul qildi va otasining merosiga ega boʻldi, bu esa uni „dunyodagi eng boy odam“ga aylantirdi[2]. Merosining asosiy qismi Janubiy Uelsdagi mulklarni oʻz ichiga olgan boʻlib, uning bobosi Herbert Windsorning merosxoʻri, ikkinchi vikont Windsori, Charlotte Windsorga uylanishi natijasida Bute oilasi tomonidan oʻtkazib berilgan edi[2]. Cardiff qasrida joylashgan mulklar va ayrim binolar haqida John Crichton-Stuart „Qal’aning sanʼatda oʻrnak boʻlishdan juda yiroq ekanligiga juda alamli“ deya aytgan[2]. 1865-yilda John Crichton-Stuart William Burges bilan uchrashib qoladi[2]. Bu loyiha Burgesning otasining muhandislik firmasi James Walker va Cuperning Cardiffdagi Sharqiy Bute tashkilotlarida ikkinchi Markes uchun ish olib borishi natijasida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin deya taxminlar mavjud[lower-alpha 1]. Bute va Burges 1881-yildan to Burgesning oʻlimiga qadar davom etgan meʼmorlar oʻrtasidagi hamkorlikni oʻrnatdilar va ular Cardiff qal’asini va Cardiff shimolidagi boshqa qal’a xarobalari, Castell Cochni oʻzgartirib qayta taʼmirladilar. Arxitektura ishlari haqida yozuvchi Michael Hall bu binolarni Burges qurgan inshootlarning eng yaxshisi[4], „gotika uslubida qurilgan uygʻonishi davrining eng ajoyib binolardan biri“ deb hisoblaydi[4].
Hayvonlar devori 1866-yilda William Burges tomonidan ishlab chiqilgan, ammo u 1881-yilda Burges vafotidan keyin 1890-yilga qadar qurib bitkazilgan. Burges dastlab qal’a oldidagi xandaqqa Pre-Rafaelit bogʻini qurishni rejalashtirgan va gulzorga aylantirilgan, qal’a devorlariga uzum toklari ekilgan holatdagi loyihani ishlab chiqqan[5]. Soat minorasining eng pastki ikki qavati bogʻbonga turar joy qilib berilishi va toʻgʻridan-toʻgʻri xandaqqa kirish imkonini berishi kerak edi[2]. Jozef Mordaunt Cruck, William Burgesdagi eng yirik qurilish loyihasi, qurib bitkazilganda, „Burgesning eng yaxshi qurilish inshootlaridan biri boʻlishi mumkin edi (va) oʻziga xos: shahar Rafaelitdan oldingi bogʻi boʻlar edi“ deya aytib oʻtgan[2]. Bogʻning koʻcha tomonidagi devor 1885-yilga kelib qurib bitkazildi, ammo hayvonlarning oʻymakorlik haykallari 1880-yillarning oxirigacha ham amalga oshirilmagan edi[lower-alpha 2][5]. Qal’a va Hayvonlar devorini qurish boʻyicha ishlar Burgesning yordamchisi William Frame tomonidan amalga oshirildi[lower-alpha 3][8]. Asl toʻqqizta hayvon qiyofasi Burgesning sevimli haykaltaroshi Thomas Nicholls tomonidan yaratilgan boʻlib, ular orasida sirtlon, boʻri, ikkita babuin maymunlar, tyulen, ayiq, silovsin va ikkita arslon haykallari mavjud boʻlgan[lower-alpha 4][10]
Devor taxminan Cardiff qal’asi tashqarisidan 50 metr (160 ft) uzoqlikda boʻlgan. 1922-yilda Duke koʻchasidagi qal’a oldidagi yoʻl va Qal’a koʻchasidagi (hozirgi A4161) kengaytirilganligi sababli Bute Park tashqarisidagi hozirgi joyiga koʻchirib oʻtkazilgan. 1931-yilda yana oltita haykal qoʻshildi; bular: saqoqush, chumolixoʻr, ikkita yenot, leopard[lower-alpha 5], qunduz va kalxat haykallaridir. Ular Alexander Carrick tomonidan yaratilgan[12]. 1930-yillarda Dorothy Howard Rowlands muallifligidagi multfilmda tasvirlangan mazkur hayvonlar sur`atlari South Wales Echo gazetasida chop etilgan. 1970-yillarda shahar kengashini loyihalovchilar Qal’a koʻchasini yanada kengaytirish uchun Hayvonlar devorini buzishni rejalashtirishgan, ammo keyinchalik bu loyihadan voz kechilgan[12].
Hayvonlar dastlab tabiiy ranglarda boʻyalgan, ammo bu boʻyoq tezda oʻz sifatini yoʻqotgan va keyinchalik hayvonlar ustki qoplamasidan olib tashlangan[lower-alpha 6][15][12]. Bute Parkni 5,6 million funt sterlingga qayta tiklash ishlarining bir qismi sifatida hayvon haykallarini qayta taʼmirlash 2010-yil iyul oyida boshlangan. Taʼmirlash jarayonida 90-yillarning oxiridan beri yoʻqolgan chumolixoʻrning burni, shuningdek, toʻqqizta asl hayvondagi yetishmayotgan shisha koʻzlar almashtirilgan[16]. Qayta taʼmirlash ishlari 2010-yil oktyabr oyida yakunlangan[17].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1891-yilda Thomas Nicholls tomonidan yaratilgan haykallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Sirtlon
-
Boʻri
-
Babuin
-
Tyulen
-
Ayiq
-
Sherlar
-
Silovsin
-
Sher (chapdagi)
-
Sher (oʻngdagi)
1931-yilda Alexander Carrick tomonidan yaratilgan haykallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Saqoqush
-
Chumolixo'r
(2011-yil qayta ta'mirlangan) -
Yenotlar
-
Leopard
-
Qunduz
-
Kalxat
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pauline Sargent, a member of the South Glamorgan County Architects department and curator of an exhibition of Burges drawings and stained glass cartoons held at Cardiff Castle from July to August 1977 suggests that John (James) McConnochie may have made the introduction. McConnochie was employed by Burges, Walker and Cooper, Burges' father's firm, and subsequently worked for Bute as Chief Engineer at Cardiff Docks.[3]
- ↑ John Newman in his Glamorgan volume of Pevsner's Buildings of Wales, suggests that Burges drew inspiration from the sketchbooks of the medieval mason Villard de Honnecourt.[6]
- ↑ William Frame's later years were marred by alcoholism. In October 1890, Bute recorded in his diary, "Frame being drunk again, had to dismiss him".[7]
- ↑ A plaster cast of one of the sculptures, the beaver, was exhibited at the exhibition held at the Amgueddfa Cymru – National Museum Wales in 1981, the centenary of Burges' death.[9]
- ↑ In Mordaunt Crook's study of Burges, William Burges and the High Victorian Dream, a photograph of the leopard is incorrectly titled "Sea-lion" and attributed to Nicholls.[11]
- ↑ The design and construction of the wall led to correspondence in the press. William Frame wrote to the Western Mail on 12 January 1892; "Sir,-Please correct errors that have appeared in The Building News for January 1 and 8, 1892. In your notice of the illustrations of the animals upon the outer walls of Cardiff Castle the late Mr Burges' name is given as architect, and Mr T Nicholls sculptor. The latter name is correct, the former is not. Mr Burges had nothing whatever to do with any portion of this work, which was carried out entirely by yours, etc."[13] Frame was being disingenuous, although he executed the design, the concept was Burges', dating back to a sketch of 1866.[14]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hannah 2012.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Crook 2013.
- ↑ Sargent 1977, Introduction.
- ↑ 4,0 4,1 Hall 2009.
- ↑ 5,0 5,1 Williams 2016.
- ↑ Newman 1995, s. 200.
- ↑ Hannah 2012, s. 277.
- ↑ „Cardiff Castle timeline“. Cardiff Castle. 2007-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Crook 1981, s. 51.
- ↑ Crook 1981.
- ↑ Crook 2013, s. 263.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 James. „Do you nose how castle sculpture used to look?“. Wales Online (2009-yil 23-iyun). 2012-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „23 Jan 1892, 5 - Western Mail at Newspapers.com“. Newspapers.com.
- ↑ Williams 2016, s. 3.
- ↑ „Castle's animal wall under repair“. BBC News (2010-yil 5-iyul).
- ↑ „Work starts on Bute Park Animal Wall“. Wales Online (2010-yil 6-iyul).
- ↑ „HLF Bute Park Restoration Project“. Cardiff Council. 2012-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-dekabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Crook, J. Mordaunt. The Strange Genius of William Burges. Cardiff, UK: Amgueddfa Cymru – National Museum Wales, 1981. ISBN 9-78072-000259-1.
- Crook, J. Mordaunt. William Burges and the High Victorian Dream. London: Frances Lincoln, 2013. ISBN 978-0-7112-3349-2.
- Hall, Michael. The Victorian Country House from the Archives of Country Life. Aurum Press, 2009. ISBN 978-1-84513-457-0.
- Hannah, Rosemary. The Grand Designer: Third Marquess of Bute. Birlinn, 2012. ISBN 978-1-78027-027-2.
- Newman, John. Glamorgan, The Buildings of Wales. London, UK: Penguin Books, 1995. ISBN 978-0-14-071056-4.
- Sargent, Pauline. Catalogue of the Exhibition of Drawings from the Cardiff Castle Collection (1). Cardiff City Council, 1977. OCLC 913363590.
- Williams, Matthew. William Burges. Norwich, UK: Jarrold Publishing, 2004. ISBN 9-78184-165139-2.
- Williams, Matthew. The essential Cardiff Castle. London: Scala Arts & Heritage Publishers, 2014. ISBN 978-1-85759-551-2.
- Williams, Matthew. The Animal Wall at Cardiff Castle. Cardiff, Wales: City of Cardiff Council, 2016. OCLC 1062307948.