Hazrat Alisher Navoiy masjidi (Navoiy)
Alisher Navoiy jome masjidi (Navoiy) | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Alisher Navoiy jome masjidi (Navoiy) |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | masjid |
Shahar | Navoiy |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 2006-yil |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Hazrat Alisher Navoiy masjidi (Navoiy) — Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Gʻalaba koʻchasida joylashgan yodgorlik. Alisher Navoiy masjidi Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov topshirigʻi va tashabbusi bilan 2006-yilda bunyod etilgan. Masjid tashqi fasadi romb shaklida boʻlib, gumbaz bilan qoplangan. Masjid pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, xonaqohida ikkita ustun mavjud. Bino uch qismdan iborat: xonaqoh, ark ava yertoʻla. Mazkur majmuaning umumiy maydoni 1,20 gektarni tashkil etib, 2500 namozxonga moʻljallangan[1]. Masjid balandligi 31 metrni tashkil etib, tashqi koʻrinishdagi ayvoni 5 metr. Masjid hududida hovuz va favvora ham mavjud[2]. Jome masjidining kirish qismida peshtoq mavjud va ravoqlarida naqshinkor kitobalar bitilgan. 2006-yilda xattot Abdulgʻafur Razzoqov tomonidan masjid kitoba bitiklari chizmalarini yaratilgan. Masjid peshtoqining oʻng tomonida suls xatida shunday yozilgan: „Alloh, ulugʻvorligi ulugʻ boʻsin“ kalimasi, chap tomonida esa „Muhammad, unga Allohning salovati va salomi boʻlsin“ kalimasi keltirilgan[3]. Peshtoq arkasining oʻng tomonidagi devor tepasida nastaliq xatida oʻzbek tilida masjid nomi yozilgan. Shu yozuv yana chap tomondagi devorda ham oʻzbek alifbosida krill yozuvida keltirilgan[4]. Masjid gumbazi aylanasi tepa qismida, muqarnasli sharafa ostida kitoba bitik ikki qator qilib yozilgan. Pastgi bitik oq rangli harflarda Qur’oni Karimdagi „Baqara“ surasi 255-256-oyatlari „Oyat ul-Kursiy“ suls xatida, yuqori qatorda sariq rangdagi harflar bilan kufiy xatida „Alloh barcha ayb-nuqsonlardan pok zod“, „Alloh — maqtovga loyiq. Alloh — buyuk“ kalimalari takror ravishda keltirilgan[5]. Masjid xonaqohi peshtoqida Qur’oni Karimning „Jin“ surasi 18-oyati keltirilgan boʻlib, oʻng va chap tomonlarida kitoba bitiklar yana takrorlangan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навойи. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „“Ҳазрати Алишер Навоий” жоме масжиди“. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.