Hazrati Bashir ota masjidi
Hazrati Bashir ota masjidi | |
---|---|
Muqobil nomlari | Hazrati Bishir ota masjidi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | masjid |
Joylashuvi | Kitob tumani Bashir qishlogʻi |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Egasi | Davlat qaramogʻida |
Hazrati Bashir ota masjidi (15-asr 2-yarmi [manba kerak]) — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Mirzo Ulugʻbekning doʻsti olim Bashir ota (Said Ahmad, vafoti taxminan 1461—1462-yillar) nomi bilan bogʻliq. Masjid katta xonaqoh va maqbaradan iborat. Bashir ota qabri ustidagi sagʻana hozirga qadar saqlanib qolgan. Sagʻana 2 pogʻonali asos ustiga oʻrnatilgan, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. 18-asrda uning ustiga sinchli, devorlari loy suvogʻi, 4 ta yogʻoch ustunga oʻrnatilgan shifti yassi toqili masjid qurilgan[1].
Bashir ota
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hazrati Sulton Said Axmad Bashir (1368—1464) rivoyatlarga koʻra otasi Xoʻja Xasan 90 yosh, onasi Bibi Maloxat 80 yoshlik vaqtida dunyoga kelgan farzand hisoblanadi. Bu oʻgʻildan soʻng ular yana 2 ta farzand koʻrishadi va Said Axmad ona sutini ichmay ulgʻayadi. Uning tugʻilishini Amir Temurning piri mir Said Barakaning ukasi Said Neʼmatulloxning duosi bilan ham bogʻlaydilar. Said Axmad Bashir „Miri Haqiqat“ laqabi bilan mashxur boʻladi. U Oʻrta Osiyoda Naqshbandiya taʼlimoti keng yoyilayotgan bir vaqtda Xoʻja Ahmad Yassaviy tariqatiga qiziqish bildiradi.
Hazrat Bashir ota huzuriga koʻplab davlatlardan musulmonlar kelib, unga shogirt tushadilar. Ota taxminan 1464-yilda vafot etgach, Bashir qishlogʻidagi Niyoztepaga dafn etiladi[2].
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalq orasida mazkur masjid Beshir ota nomi bilan ham mashxur. Bu soʻz for tilida be+shir soʻzlari jamlanmasi boʻlib, „ona suti emmas“dan ulgʻaygan degan maʼnoni anglatadi. Bashir nomli oʻbek xalqi tarkibiga kiruvchi urugʻ ham mavjud
Qurilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1989—1990-yillarda Bashir qishlogʻida masjid bunyod etiladi va unga Hazrati Bashir ota nomi beriladi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning tarhi kvadrat shaklda boʻlib, maydoni 11x11 metrni tashkil etadi. Masjid ichida 4.5 metrlik 4 ta ustun joylashgan. Masjidning jami 3 ta kirish eshigi mavjud boʻlib, har biri ikki tavaqali. Masjid old qismi peshayvon qilingan. 1995-yilda masjid hududida tahoratxona barpo etilgan[3]
Taʼmirlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yildagi mustaqillikdan soʻng ziyoratgoh qayta taʼmirlaniladi va hozirga holatga keltiriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Hazrati Bashir ota masjidi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 11-jild (Qizilqumit — Hoʻrmuz). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 608-bet.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Hazrati Bashir ota masjidi" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Hazrati Bashir ziyoratgohi“. meros.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ R.Akbarov. „Hazrati Bishir ota masjidi“ (o'zbek). nasafziyo.uz (2020-yil 5-may). Qaraldi: 08-2023.