Kontent qismiga oʻtish

HeadHunter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HeadHunter (hh.ru) – Rossiya, Belarus va Qozogʻistondagi biznes sohasidagi eng yirik rus internet kompaniyalaridan biri. Hozirda 515,000 dan ortiq kompaniyalar HeadHunter mijozlari hisoblanadi. hh.ru saytidagi keng maʼlumotlar bazasi 55 milliondan ortiq rezyumelarni oʻz ichiga olib, kunlik oʻrtacha boʻsh ish oʻrinlari soni 933 mingdan oshiq koʻrsatkichni tashkil qiladi. SimilarWeb maʼlumotlariga koʻra, HeadHunter ish qidirish portallari orasida mashhurlik boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egallaydi[1]. Kompaniyaning eng yirik aktivi hh.ru sayti hisoblanadi. Shuningdek, HeadHunter Zarplata.ru veb-saytiga, Talantix nomli ishga qabul qilish uchun bulutli CRMga egalik qiladi hamda Skillaz[2], Dreamjob[3], HRLink[4], Edstein[5] kompaniyalarida oʻz ulushiga ega. hh.ru mobil ilovalari ish beruvchi kompaniyalar va ish izlovchilar uchun iOS va Android platformalarida alohida versiyalarda mavjud.

  1. „Top Jobs And Employment Websites in the world“ (en). www.similarweb.com. 2018-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-noyabr.
  2. HeadHunter доверился роботам // Коммерсантъ. Архивировано 18 yanvar 2021 года.
  3. „HeadHunter инвестировал в портал с отзывами о работодателях Dream Job“. Interfax (2021-yil 11-may). 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
  4. Forbes. „HeadHunter инвестировала 100 млн рублей в сервис цифровых документов“. Forbes. Forbes (2022-yil 18-iyul). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  5. „HeadHunter инвестировал в российский HRTech-стартап Edstein“ (ru). Rusbase. 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.