Kontent qismiga oʻtish

Heat Waves

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Heat Waves“
„Glass Animals“ qoʻshigʻi
„Dreamland“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 29-avgust 2020-yil
Janr
Davomiyligi 3:58
Leybl
Matn muallif(lar)i Dave Bayley
Prodyuser(lar) Dave Bayley
„Glass Animals“ singllari xronologiyasi
„Dreamland“
(2020)
Heat Waves
(2020)
„Itʻs All So Incredibly Loud“
(2020)
Klipi
„Heat Waves“ YouTubeda

„Heat Waves“ (trajimasi „Issiqlik toʻlqinlari“) — Britaniyaning „Glass Animals“ rok guruhining qoʻshigʻi, 2020-yil 29-iyun kuni „Dreamland“(2020) uchinchi studiyaviy albomidagi 4-singl sifatida klip bilan birga chiqarilgan. Guruh trek uchun remiks tanlovini o‘tkazgan, unda 19 yoshli britaniyalik prodyuser Shakur Ahmad g‘olib chiqqan va uning remiksi guruh tomonidan amerikalik DJ Diplo remiksi bilan birga 2020-yil avgust oyida ommaga havola qilindi[1]. Yana bir remiksda amerikalik Puerto-Rikolik reper Iann Diorning vokallarini tinglash mumkin.

„Heat Waves“ bugungi kungacha guruhning eng muvaffaqiyatli singli boʻlib, u butun dunyo boʻylab birinchi raqamli xitga aylangan[2], Yevropaning bir qancha mamlakatlarida eng yaxshi beshlik xiti sifatida eʼtirof etilgan va Avstraliya, Shveysariya hamda AQSh xit paradlarida birinchi oʻrinni egallab, Billboard Hot 100 roʻyxatida 59 haftalik rekorddan soʻng eng yuqori choʻqqiga chiqqan. „Heat Waves“ US Hot Rock & Alternative Songs[3] chartida birinchi oʻrinni egallagan. 2021-yil sentyabr oyi holatiga koʻra, qoʻshiq Spotify platformasida milliarddan ortiq eshitilgan[4].

Kompozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayleyining taʼkidlashicha, „Heat Waves“ bu „yoʻqotish va sogʻinish hislari va siz hech narsani qutqarib qololmasligingizni anglash haqida“[5].

Tijoriy muvaffaqiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Heat Waves“ butun dunyo boʻylab xitga aylandi va guruh faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli qoʻshiq boʻldi. U Avstraliyaning 2020-yildagi Triple J Hottest 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan. Soʻng, singl olti hafta Avstraliyaning ARIA Singles Chart xit paradlarida birinchi oʻrinni egalladi va boshqa bir qancha mamlakatlarda eng yaxshi 20 talikka kirdi. 2021-yil 13-noyabrda „Heat Waves“ o‘zining 42 hafta AQSH Billboard Hot 100 ro‘yxatida 10-o‘rinda „Before He Cheats“ (Carrie Underwood, 2007) qoʻshigʻining eng uzun davom etgan oʻrnini egalladi[3][6]. 2021-yil 4-dekabrda singl Hot 100 roʻyhatida[7] 7-raqamga yetib oldi. 2022-yil 15-yanvarda „Heat Waves“ Hot 100 ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib, chartdagi 51 haftalik rekordni ilk beshlik qatoriga tushib yakunladi.

2022-yil 12-mart kuni „Heat Waves“ 59 hafta (2021-2022) dan so‘ng Hot 100 ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib, AQSh chartida yangi rekord o‘rnatdi. Oldingi rekord 35 hafta davom etgan va Mariah Careyning „All I Want for Christmas Is You“ qoʻshigʻiga[8] tegishli edi. 2022-yil 6-avgustda qoʻshiq 80 hafta 3-oʻrinda Top 100 talikka kiritilgan[9].

Qoʻshiqlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asl qoʻshiq
Nomi Davomiyligi
1. "Heat Waves" 3:58
Diplo remiksi
Nomi Davomiyligi
1. "Heat Waves" (Diplo remix) 2:21
Riton remiksi
Nomi Davomiyligi
1. "Heat Waves" (Riton remix) 2:40
  1. Walters, Abby „Diplo has remixed Glass Animals' 'Heat Waves' into a steamy new track“. Tone Deaf (2020-yil 12-avgust). 2021-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  2. Trust, Gary „Glass Animals’ ‘Heat Waves’ Hits No. 1 on Billboard Global 200 Chart“ (en-US). Billboard (2022-yil 28-fevral). 2022-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  3. 3,0 3,1 Savage, Mark „Glass Animals: How Heat Waves became the ultimate sleeper hit“. BBC (2021-yil 9-aprel). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  4. Peacock, Tim „Glass Animals' 'Heat Waves' Hits One Billion Streams; Enters Spotify's Global Top 10“. Yahoo! Entertainment (2021-yil 14-sentyabr). 2022-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-yanvar.
  5. Roberts, Christopher „Glass Animals Share New Song "Heat Waves" via a Video Filmed by Singer Dave Bayley's Neighbors“. Under the Radar (2020-yil 30-iyun). 2021-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  6. „Adele Leads Hot 100 for Third Week, Glass Animals Complete Record Run to Top 10“ (en). Billboard. 2021-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
  7. Trust, Gary „Adele’s 'Easy on Me' Rebounds for Fifth Week Atop Billboard Hot 100, ‘Oh My God’ Debuts at No. 5“. Billboard (2021-yil 29-noyabr). 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  8. Gary Trust, Gary Trust. „Glass Animals’ ‘Heat Waves’ Completes Record Run to No. 1 on Billboard Hot 100“ (en-US). Billboard (2022-yil 7-mart). 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  9. Trust, Gary „Lizzo’s ‘About Damn Time’ Clocks Second Week Atop Hot 100, Beyonce, Post Malone Rise in Top 10“. Billboard (2022-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.