Heath Pearce
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Heath Gregory Pearce | ||
Tavallud sanasi | 13-avgust 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Modesto, Kaliforniya, AQSh | ||
Boʻyi | 6 ft 0 in (1.83 m) | ||
Ampluasi | yarim himoyachi, himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2001 | IMG Soccer Academy | ||
2002—2004 | Portland Pilots | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2007 | FC Nordsjælland | 75 | (2) |
2007—2009 | Hansa Rostock | 31 | (0) |
2009—2010 | FC Dallas | 34 | (0) |
2011—2012 | Chivas USA | 40 | (0) |
2012—2013 | New York Red Bulls | 32 | (2) |
2014 | Montreal Impact | 23 | (0) |
2015 | IFK Göteborg | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2001 | AQSh U17 | 4 | (2) |
2003 | AQSh U18 | 1 | (0) |
2003 | AQSh U20 | 3 | (0) |
2005—2012 | AQSh | 35 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Heath Gregory Pearce (talaffuzi: Hit Gregori Pirs; 1984-yil 13-avgustda AQShning Kaliforniya shtati Modesto shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi. AQSh terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. Hozirgi kunda u YouTube videoxostingidagi „KICK“ vlogida „The Mixer“ dasturining boshlovchisi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Heath Pearce futbolchilik faoliyatini Portlend universitetining futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan.
2005-yilda Heath Pearce Daniyaning „Nordsjælland“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U darhol klubning asosiy bazasidan joy oldi va ikki mavsum davomida himoya chizigʻining yetakchisi boʻldi.
2007-yil 16-iyulda Heath Pearce Germaniyaning „Hansa Rostock“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[1]. 11-avgust kuni „Bayern München“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi[2]. Mavsum oxirida „Hansa Rostock“ futbol klubi Ikkinchi Bundesligaga yoʻl oldi. 2009-yil aprel oyida Heath Pearce jarohat olganlikda gumon qilingani uchun zaxiraga oʻtkazildi[3]. Heath Pearce bu haqiqat emasligini daʼvo qilgan boʻlsa-da, shunday sababga koʻra uning shartnomasi klub tomonidan bekor qilingan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yil 12-noyabrda Shotlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Heath Pearce uchrashuvning ikkinchi yarmida DaMarcus Beasley oʻrniga maydonga tushib AQSh terma jamoasi safida debyut qildi[4]. 2006-yilda Heath Pearce Jahon chempionati oldidan oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan, ammo yakuniy tarkibga kiritilmagan.
2007-yilda Heath Pearce Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Kolumbiyaga qarshi oʻyinda ishtirok etdi[5]. 2009-yilda Heath Pearce Konfederatsiyalar kubogida terma jamoa safida oʻynadi va kumush medallarni qoʻlga kiritdi. U zaxiradan maydonga tushmagan. Oʻsha yili Heath Pearce AQSh jamoasi tarkibida CONCACAF oltin kubogida ishtirok etdi va musobaqaning kumush medalni qoʻlga kiritgan. Turnirda Heath Pearce Gonduras, Meksika, Grenada va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[6][7][8][9][10].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro turnir | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Portland Pilots | 2002 | 20 | 2 | — | — | 20 | 2 | ||
2003 | 20 | 1 | — | — | 20 | 1 | |||
2004 | 22 | 5 | — | — | 22 | 5 | |||
Jami | 62 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 62 | 8 | |
Bradenton Academics | 2003 | 11 | 1 | 1 | 0 | — | 12 | 1 | |
FC Nordsjælland | 2004—2005 | 15 | 0 | 0 | 0 | — | 15 | 0 | |
2005—2006 | 31 | 1 | 0 | 0 | — | 31 | 1 | ||
2006—2007 | 29 | 1 | 0 | 0 | — | 29 | 1 | ||
Jami | 75 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 75 | 2 | |
Hansa Rostock | 2007—2008 | 19 | 0 | 2 | 0 | — | 21 | 0 | |
2008—2009 | 12 | 0 | 1 | 0 | — | 13 | 0 | ||
2009—2010 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 31 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
FC Dallas | 2009 | 6 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||
2010 | 28 | 0 | 1 | 0 | — | 29 | 0 | ||
Jami | 34 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 35 | 0 | |
Chivas USA | 2011 | 30 | 0 | 1 | 0 | — | 31 | 0 | |
2012 | 10 | 0 | — | — | 10 | 0 | |||
Jami | 40 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 41 | 0 | |
New York Red Bulls | 2012 | 18 | 2 | 2 | 1 | — | 20 | 3 | |
2013 | 14 | 0 | 2 | 0 | — | 16 | 0 | ||
Jami | 32 | 2 | 4 | 1 | 0 | 0 | 36 | 3 | |
Montreal Impact | 2014 | 23 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 29 | 0 |
IFK Göteborg | 2015 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 3 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 308 | 13 | 17 | 1 | 2 | 0 | 327 | 14 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rostock holt Lense und Pearce“ (olmoncha). kicker (2007-yil 16-iyul). 16-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Бавария VS. Ганза 3:0“ (ruscha). soccerway.com (11-avgust 2007-yil). 17-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Pearce und Kronholm in zweite Mannschaft zurückgestuft“ (olmoncha). F.C. Hansa Rostock e.V. der Fußballverein im Nordosten (2009-yil 13-aprel). 6-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Шотландия VS. США 1:1“ (ruscha). soccerway.com (12-noyabr 2005-yil). 17-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Колумбия VS. США 1:0“ (ruscha). soccerway.com (6-iyul 2007-yil). 13-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
- ↑ „США VS. Гондурас 2:0“ (ruscha). soccerway.com (9-iyul 2009-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Гондурас VS. США 0:2“ (ruscha). soccerway.com (24-iyul 2009-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
- ↑ „США VS. Мексика 0:5“ (ruscha). soccerway.com (26-iyul 2009-yil). 29-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Гренада VS. США 0:4“ (ruscha). soccerway.com (5-iyul 2009-yil). 16-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.
- ↑ „США VS. Панама 2:1“ (ruscha). soccerway.com (19-iyul 2009-yil). 14-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2013-yil.