Kontent qismiga oʻtish

Hedetet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hedetet (shuningdek, Hededet; misr. ḥdd.t)[1] — qadimgi Misr mifologiyasidagi chayon maʼbudasi. Baʼzi xususiyatlari bilan u Selket maʼbudasiga oʻxshaydi, ammo keyingi davrlarda u Isida (Isida-Hedetet) maʼbudasi bilan birlashtirilgan. Xedetet chayon boshli, chaqaloqni emizayotgan ayol sifatida tasvirlangan[2].

U birinchi marta „Piramida matnlari“da va keyinroq, XVIII-sulola davrida Edfudagi diniy markazda tilga olingan. Selket singari, maʼbuda, afsonaga koʻra, yovuz ruhlardan himoyalagan. Edfuda sinkretik maʼbuda Isida-Hedetetni mahalliy aholi hurmatlashi uni Horning onasiga aylantirgan[3].

  1. Christian Leitz. Lexikon der ägyptischen Götter und Götterbezeichnungen. Peeters Publishers, 2003 — 46-bet. ISBN 9789042913769. 
  2. Richard Wilkinson: The Complete Gods and Goddesses of Ancient Egypt. London, Thames and Hudson, 2003. ISBN 978-0-500-05120-7, p.230
  3. Anne K. Capel, Betsy M. Bryan, Glenn Markoe, Cincinnati Art Museum, Brooklyn Museum. Mistress of the House, Mistress of Heaven: Women in Ancient Egypt. Hudson Hills, 1996 — 128-bet. ISBN 9781555951290.