Kontent qismiga oʻtish

Heinrich Hertz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Heinrich Hertz
Tavalludi 22-fevral 1857[1]
Vafoti 1-yanvar 1894[1]
Fuqaroligi Gamburg
Otasi Gustav Ferdinand Hertz

Heinrich Rudolf Hertz (talaffuzi: Henrix Hertz Rudolf; 1857-yil 22-fevral, Hamburg – 1894-yil 1-yanvar, Bonn) – nemis fizigi. Elektrodinamika masalalari bilan shugʻullangan, birinchi boʻlib elektromagnit toʻlqinlarni kashf etib (1888), ularning xossasini tekshirgan. Elektromagnit toʻlqinlar va yorugʻlik nurlarining oʻzaro oʻxshashliklarini isbot qilgan, vibrator nazariyasini ishlab chiqqan. Hertz tajribalari James Clerk Maxwell elektromagnit maydon nazariyasini amalda isbot qildi va ularning amalda qoʻllanishini boshlab berdi. U yorugʻlikning elektr razryadiga boʻlgan taʼsirini payqadi va shu bilan fotoelektr hodisasi ustida tekshirishlar olib borilishiga sabab boʻldi. Hertzning nazariy ishlari harakat qiluvchi jismlar elektrodinamikasidan, Maxwell tenglamalarini tajribada tekshirish va kuch tushunchasini eʼtiborga olmaydigan mexanikani tuzishdan iborat.