Henry Mintzberg
OC OQ FRSC | |
---|---|
Tugʻilgan |
2-sentyabr 1939-yil Montreal, Quebec, Kanada |
Millati | Kanadalik |
Soha | Desautels Faculty of Management |
Alma mater |
McGill University (B.Eng 1961) MIT (Ph.D. 1968) |
Henry Mintzberg OC OQ FRSC — Kanadalik akademik; biznes va menejment sohasi muallifi. U hozirda Kanadaning Kvebek shtati Montrel shahridagi McGill Universitetida Desautels fakultetida Menejment fani bo'yicha Klegorn professori sifatida 1968-yildan beri faoliyat olib bormoqda.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mintzberg 1939-yil 2-sentabrda Kanadaning Kvebek shtati Montreal shahrida tug'ilgan. U yahudiy ota-ona Mayer va Irina Mintzbergning o'g'li. Uning otasi Mayer Mintzberg ishlab chiqaruvchi bo'lgan.
Ta'limi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Henry Mintzberg 1961-yilda McGill Universitetida o'zining birinchi bakalavr boqsichini mexanik muhandislik sohasida tugatgan. U McGill Universitetida o'qib yurgan paytlarida jamoat ishlarida ham faol bo'lgan va Universitetda hurmat taxtasi a'zosi bo'lgan, bundan tashqari talabalar ittifoqi maslahatchisi, sport muharriri, sportchi talabalar ittifoqi raisi va boshqa vazifalarni bajargan. U 1962-yilda o'zining ikkinchi bakalavrlik darajasini tamomladi. Bu bakalavr darajasini u Ser Jorj Uillams Universitetidan umumiy san'at yo'nalishi bo'yicha qo'lga kiritdi.So'ng u 1965- yilda Menejment sohasida Massachusets Texnologiyalar Universitetining Sloan menejment maktabiining Magistrlik darajasini qo'lga kiritdi. O'qish davrida u hukumat talabasi bo'lgan hamda Kvebek va M.I.T stipendiyalarini yutib olgan. Mintzberg 1968-yilda MIT Universitetining PHD darajasini tamomladi. U "Menejer ishda - o'zining ishlari, vazifasi, rolini rejali kuzatishlar orqali aniqlash" nomli dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. Genri asosiy fan sifatida Siyosatshunoslik, Tashkiliy tadqiqotlar, Informatsiya va nazorat sistemalari va qo'shimcha fan sifatida esa Siyosat Ilmi fanini o'qigan. O'zining o'qish davrida u Ford va M.I.T stipendiya mukofotlarini qo'lga kiritdi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Genri Dulche Mintzberg bilan turmush quradi hamda Susi va Lili ismli ikkita farzandli bo'ladi. Uning uchta nabirasi ham bor. Ular Laura, Tomas va Maya. Genri o'zining shaxsiy hayotiy tajribalari haqida qisqa hikoyalar yozishni yoqtirar edi va ularni bir kuni chop etish niyatida edi. Mintzberg qunduz haykallarini yig'ishga ham qiziqar edi va o'zining shaxsiy vebsaytida o'z kolleksiyasi bilan bo'lishar edi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yilda Kanadaning maxsus ordeniga mas'ul xodim sifatida tayinlandi. 1998-yilda Kvebek shahrining Milliy mukofotiga ham mas'ul shaxs sifatida tayinlandi. Hozirda u Strategik Menejment Jamiyatining a'zosi. U 1991-yildan 1998-yilgacha INSEAD jamiyatida professor bo'lgan. 2004-yilda Minztberg "Menejerlar Magistrlar emas" deb nomlangan hozirgi kundagi menejment ta'limidagi u xato deb hisoblaydigan tushunchalar haqida ta'kidlab o'tilgan kitobini nashr qildi. Mintzbergning fikricha, taniqli Garvard biznes maktabi, Pensilvaniya universitetining Varton biznes maktabi kabi magistratura menejment maktablari raqamlar bilan ishlashga tayanib qolishgan va ularning menejmentni ilmiy darajaga aylantirish yo'lidagi haddan tashqari shijoatli harakatlari menejment intizomini buzib yubormoqda. Mintzberg amaliyotchi menejerlarni (ya'ni haqiqiy hayotda tajribasi kamroq bo'lgan talabalardan ko'ra) o'zlarining muammo va bilim tajribalaridan olgan bilimlarini amaliyotda qo'llash orqali o'qitadigan aspirantura dasturlarini qo'llab quvvatlar edi. Mintzberg Garvard biznes sharhlariga eng zo'r maqolalarini taqdim etganligi uchun (uning naslahatli biznes strategiyasi haqidagi fikri tanqidiy bo'lishiga qaramay) ikki marotaba McKinsey mukofotini qo'lga kiritgan . Mintzberg menejment va biznes strategiyalari haqida 150 ta maqola va 15 ta kitobni o'z nomi ostida yozgan. Uning asosiy, "Strategik Rejalashning ko'tarilishi va tushishi" nomli kitobi strategik rejalashning ba'zi aspektlarini tanqid qiladi. Mintzberg Desautels Menejment fakultetida uning menejment va strategik rejalashtirishga bo'lgan muqobil yondashuviga yo'nalgan ikkita dasturni olib boradi: McGill Instituti bilan hamkorlikdagi Amaliyot Menejmentida Xalqaro Magistratura va Sog'lom Liderlik uchun Xalqaro Magistratura. Mintzberg Fil Lenir bilan birgalikda "Coaching Ourselves International" deb nomlangan xususiy kompaniyaga o'zining ish joyida menejmentni rivojlantirish uchun muqobil yondashuvini qo'llagan holda rahbarlik qiladi. Professorlik vaqtida, u 22 ta doktorant dasturlarni nazorat qilgan, 14 ta doktorant dasturlar qo'mitasida bo'lgan va doktorlik ishi hamda teoriyalari uchun qator mukofotlarni qo'lga kiritgan.