Kontent qismiga oʻtish

Herakleios

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Irakliy (575-641) - Vizantiya imperatori (610 yildan). Karfagen ekzarxi(noibi)ning oʻgʻli. Irakliy Foka (?— 610) ni taxtdan agʻdarib hokimiyatni egallagan. Irakliy 626 yil avarlar va slavyanlarning Konstantinopolga qilgan hujumini qaytargan. Irakliy saltanat shar-qidagi forslar bosib olgan yerlarni qaytarib olgan (627—628), lekin bu yerlarni arablar bosqinidan saqlab qololmagan (630-yillar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil