Kontent qismiga oʻtish

Here Comes the Rain Again

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Here Comes the Rain Again“
Eurythmics qoʻshigʻi
„Touch“ albomidan
B tomon „Paint a Rumour“
Chiqarilgan sanasi 12-yanvar 1984-yil
Yozib olingan 1983
Janr
Davomiyligi 4:54 (albom versiyasi)
5:05 (singl versiyasi)
4:43 (video versiyasi)
3:50 (7" promo versiya)
Leybl RCA
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) David A. Stewart
Eurythmics singllari xronologiyasi
„Right by Your Side“
(1983)
Here Comes the Rain Again
(1984)
„Sexcrime (Nineteen Eighty-Four)“
(1984)
Klipi
„Here Comes the Rain Again“ YouTubeda

Here Comes the Rain Again“ (tarjimasi „Mana, yana yomgʻir boshladi“) — „Eurythmics“ ingliz dueti ijro etgan qoʻshiq. Duetning 1983-yil eʼlon qilingan „Touch“ albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzolari Annie Lennox bilan David A. Stewart yozgan. Tarona 1984-yilning 12-yanvarida Buyuk Britaniyada albomning uchinchi singli oʻlaroq, AQShda esa birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan[1]. Qoʻshiq „Billboard Hot 100“ xit-paradida toʻrtinchi pogʻonagacha koʻtarilib, duetning mazkur chartda yuqori oʻntalikka kirgan ikkichi kompozitsiyasiga aylangan. Buyuk Britaniya singlar xit-paradida esa sakkizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan va duetning mamlakatdagi ketma-ketma yuqori oʻntalikdan joy olgan beshinchi singliga aylangan.

Stewartning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqni Lennox bilan Nyu-York shahridagi Mayflower Hotel mehmonxonasida yozgan. Oʻsha kuni osmonni bulut qoplagan boʻlgan. Steward „Casio“ sintezatorida melanxolik akkordlarni chalayotgan paytda Lennox „Mana, yana yomgʻir boshlandi“, degan. Ikkisi shu asnoda qoʻshiqni hamkorlikda yozishgan[2].

„Here Comes the Rain Again“ qoʻshigʻi uchun Stewart, Jonathan Gershfield hamda Jon Roseman rejissyorligida klip suratga olingan. Klip 1983-yilning dekabrida, yaʼni qoʻshiq singl oʻlaroq chiqarilishidan bir oy oldin eʼlon qilingan. Klipda Hoy orolidagi qoyalar tasvirini hamda Lennox dengiz sohilida yurgan kadrlarni koʻrish mumkin. Stewardt videokamera bilan Lennoxni taʼqib qiladi. Klip kadrlari alohida-alohida yozib olinib, studiyada birlashtirilgan.

Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, AQShda tuzilgan „Hypnogaja“ rok-guruhi hamda ingliz xonandasi va aktrisasi Paloma Faith kaver qilgan.

  1. "Record News". NME (London, England: IPC Media): 28. 7 January 1984. 
  2. Newman, Melinda (December 7, 2002). „Annie Lennox: A Portrait of the Artist“. Billboard. 114-jild, № 49. 25-bet. Qaraldi: March 6, 2022.