Kontent qismiga oʻtish

Herman Cain

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Herman Cain
Tavalludi 13-dekabr 1945-yil (1945-12-13) (79 yosh)
Vafoti 30-iyul 2020[1][2][3]
Fuqaroligi AQSh

Herman Cain (talaffuzi: Herman Keyn; 1945-yil 13-dekabr) AQSh prezidentlik saylovida nomzodlardan biri, hozirda Kansas shahar Federal Zahira Banki boshligʻidir. AQSh Respublikachi Partiyasi aʼzosi. Oʻtmishda tadbirkor (1986-1996), ungacha esa harbiy matematik-ballistik boʻlib xizmat qilgan[4][5].

Cain saylovoldi kampaniyasida siyosiy va ijtimoiy savollar boʻyicha bilimsiz ekanligini namoyish qilib, yirik janjallarga sabab boʻldi. Jumladan, u Oʻzbekiston Prezidenti kim ekanligi haqidagi savolga shunday mazaxona javob qildi:

Mendan Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan prezidenti kim ekanligini soʻrashsa, men aytamanki, „ Bilasizmi, men bilmayman. Siz-chi, bilasizmi?“ Keyin davom etaman: „Bu bizga yangi ish oʻrinlari yaratadimi?“[6][7]

Cain mavzuni davom ettirib, Oʻzbekistonni dunyodagi kichik ahamiyatsiz davlatlardan biri, deb atadi[6]. U bu iddaolari va butunboshli mamlakatni mazax qilgani uchun keskin tanqid qilindi.[8][9]