Kontent qismiga oʻtish

Hey There Delilah

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Hey There Delilah“
„Plain White T's“ qoʻshigʻi
„All That We Needed“ albomidan
B tomon „Easy Way Out“
Chiqarilgan sanasi 9-may 2006-yil
Yozib olingan 2004-yil aprel, Los-Anjeles[1]
Janr
Davomiyligi 3:52
Leybl
Matn muallif(lar)i Tom Higgenson
Prodyuser(lar)

Jay Bolta · Robert Dimonda

„Plain White T's“ singllari xronologiyasi
„Take Me Away“
(2005)
Hey There Delilah
(2006)
„Hate (I Really Don't Like You)“
(2006)
Klipi
„Hey There Delilah“ YouTubeda

Hey There Delilah“ (tarjimasi „Salom, Delilah“) — AQShda tuzilgan „Plain White T's“ guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2005-yilda guruhning „All That We Needed“ studiyaviy albomiga kiritilgan tarona 2006-yilning 9-mayida mini-albom oʻlaroq chiqarilgan. Shuningdek, tarona 2006-yilda kichik oʻzgarishlar bilan guruhning „Every Second Counts“ albomiga ham kiritilgan va 2007-yilda singl oʻlaroq chiqarilgan.

Qoʻshiq asta-sekin ommalashgan va 2017-yilning iyulida „Billboard Hot 100“ xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. 2008-yil „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year) hamda „Duet yoki vokal guruh tomonidan eng yaxshi pop ijro“ (inglizcha: Best Pop Performance by a Duo or Group with Vocals) nominatsiyalarida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan.

„Hey There Delilah“ qoʻshigʻini guruh vokalchisi Tom Higgenson yozgan. Higgenson qoʻshiqni doʻsti yengil atletik kross yuguruvchi sportchi Delilah DiCrescenzo bilan tanishtirganidan keyin yozgan[6]. Kompozitsiya hozir boʻlganidan keyin Higgenson qoʻshiq nusxasini DiCrescenzoga shaxsan sovgʻa qilgan. DiCrescenzo oʻsha paytda boshqa bilan uchrashayotgan boʻlgani uchun Higgenson sevgisini rad etgan[7].

Qoʻshiq uchun Jay Martin rejissyorligida klip suratga olingan. Undan Higgenson va guruhning boshqa aʼzolari yonma-yon xonada oʻtirgani tasvirlangan. Qoʻshiqni yozib olishda guruhning boshqa aʼzolari qatnashmagan. Higgensonga faqat Eric Remschneider torli-kamonli asbob bilan joʻr boʻlgan xolos. Klipda Nyu-York shahri tasvirlangan boʻlsa-da, aslida klip Chikagoda suratga olingan.

  1. „Plain White T's website – Recording journal“ (2004-yil 7-iyun). 2004-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  2. Mervis, Scott. „Review: O Starry Night show big on hits, low on production“ (2013-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 18-fevral.
  3. Neustaeter, Brooklyn. „Plain White T's 'Hey There Delilah' Is Being Turned Into A TV Show“. Much (2018-yil 8-avgust). 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
  4. Partridge, Ken „Rod Wave Interpolates Plain White T's On New Song "By Your Side"“. Genius (2021-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  5. „10 EMO SONGS FROM 2005 THAT NEVER LEFT YOUR PLAYLIST“. Alternative Press. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  6. Celizic, Mike „Muse shares story behind 'Hey There Delilah'“ (2008-yil 23-yanvar). 2008-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-fevral.
  7. Silvia Pingitore. „The only interview with Tom Higgenson of Plain White T's that is not just about Hey There Delilah“. the-shortlisted.co.uk.