Hifni Nosif
Hayoti va Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hifni Nosif – to'liq ismi Muhammad Hifni ibn Ismoil ibn Xolil ibn Nosif bo'lib, qozi adib va o'z davrining mohir shoirlaridan bo'lgan. 1856–yil Misrdagi Barakat–ul Haj degan joyda tavallid topgan. Al–azhar universitetida ta'lim olgan. 1879-yilda Dorul-Ulum institutiga oʻqishga kirdi va uni 1882-yilda tugatib, sha'riy ilmlarni puxta egalladi. So'ngra qozilik bilan shug'ullangan. Misr Maorif vazirligida arab tili va ta'limi bo'yicha birinchi darajali nozir etib tayinlangan hamda birinchi til akademiyasini tuzishda ishtirok etgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arab tiliga oid bir qancha kitob va she'riy devon muallifi hamdir. 1919–yil Qohirada vafot etdi. Vafotidan so'ng o'g'li devonini to'plab ʻʻHifni Nosif she'riyatiʼʼ nomi bilan nashr etgan. Adib bir necha asarlar, jumladan 《Ad–durusun–nahviyya》,《Durusul–balag'a》va 《Qovaid–al–arabiyya》 kabi darsliklarni ta'lif etgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Arab va o'zbek tilining qiyosiy grammatikasi 7-bet“
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |