Kontent qismiga oʻtish

Hifumi Abe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hifumi Abe
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi yaponcha: 阿部一二三
Taxallusi/Laqabi The Flamethrower, ひふみん (hifumin)
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tavallud sanasi 9-avgust 1997-yil (1997-08-09) (27 yosh)
Kobe, Yaponiya
Vazni 66 kg
Sport
Mamlakat Yaponiya
Murabbiy(lar)i Keiji Suzuki
Sinchon Atsushi
Klubi Park24
Professional faoliyat
Havaskor faoliyat

Hifumi Abe (yaponcha: 阿部一二三 ; 9-avgust 1997-yil, Kobe) – yapon dzyudochisi, dzyudo boʻyicha 5-dan sohibi, 66 kg vazn toifasida toʻrt karra jahon chempioni. 66 kg gacha vazn toifasida ikki karra Olimpiada chempioni (2020 va 2024). 2020-yilgi Olimpiada chempioni Uta Abening akasi.

Televizorda dzyudo musobaqalarini tomosha qilganidan soʻng 6 yoshidan boshlab Hyogo Boys Kodamakai sport maktabida dzyudo bilan shugʻullana boshlagan.

Abe yoshlar oʻrtasidagi ikkita jahon chempionatida dastlab 2014-yilda 18 yoshgacha, keyin esa 2014-yilda Fort-Loderdeylda 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili bir necha hafta oʻtgach, Abe London Olimpiadasining bronza medali sovrindori va uch karra jahon chempioni Masashi Ebinumani magʻlub etib, Kanō Jigorō kubogini qoʻlga kiritgan, oʻzining birinchi yirik xalqaro turnirida gʻolib chiqqan.

2016-yilgi Yaponiya chempionatida Abe yarim finalda yana Masashi Ebinumani magʻlub etgan va chempionlikni qoʻlga kiritgan. Ushbu gʻalabaga qaramay, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada oʻyinlarida Yaponiya nomidan dzyud oʻyinlarida ishtirok etish uchun baribir Masashi Ebinuma tanlanadi[1]. Iyul oyida Abe Tyumenda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida gʻolib chiqqan, yil oxirida esa Kanō Jigorō kubogini qoʻlga kiritgan.

2017-yilning fevral oyida Abe Parijda boʻlib oʻtgan turnirda eng yosh gʻolibga aylangan.

Budapeshtda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi jahon chempionatida Abe barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[2]. Yil oxirida Abe Kanō Jigorō kubogida uchinchi sovrinini qoʻlga kiritgan.

2018-yilda Abe Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida gʻolib chiqqan[3], ammo 2015-yilda ilk bor Zagreb Gran-prisida moʻgʻulistonlik sportchi Altansuxi Dovdonga yutqazgan.

2018-yili Bokuda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida final bahslarida barcha musobaqalarda gʻalaba qozonib, jahon chempionatidagi ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritgan[4].

Tokioda boʻlib oʻtgan 2019-yilgi jahon chempionatida Abe bronza uchun kurashda italiyalik sportchi Manuel Lombardoni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2021-yilda Tokio oʻyinlarida Olimpiada chempioni boʻlgan.

2023-yilning may oyida Qatar poytaxtida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yaponiyalik dzyudochi finalda hamyurti Joshiro Maruyamani magʻlub etib, chempion boʻlgan.

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Abe 66 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, ikki karra Olimpiada chempioni boʻldi. Final musobaqasida Abe braziliyalik raqibi Willian Limani magʻlub qilgan.

Yaponiya sport fanlari universitetining jang sanʼati fakultetini tamomlagan. 2019-yilda Abe sportdagi ulkan yutuqlari uchun Asahi TVning maxsus mukofotini va Kobe shaharining maxsus sport mukofotini olgan.

Dzyudochi Tadahiro Nomurani oʻziga namuna boʻladigan sportchi sifatida koʻradi. Dzyudochining eng koʻp qoʻllaydigan usuli seoinage.

  1. „Japan announces team for Rio, Ono is in“. www.100judo.com. 2016-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
  2. „Hifumi Abe en or en -66 kg, quatre sur quatre pour le Japon“. Eurosport (2017-yil 29-avgust). 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
  3. „Le Japon voit double au Grand Slam d'Ekaterinbourg“ (fr). euronews (2018-yil 17-mart). 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.
  4. „Mondiaux 2018 - Après sa soeur Uta, Hifumi Abe (-66 kg) en or aussi“. Eurosport (2018-yil 21-sentyabr). 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-oktyabr.