Hikmat Mirzayev
Hikmat Mirzayev | |
---|---|
Asl ismi | ozarbayjoncha: Hikmət Mirzəyev |
Taxallus(lar)i | Shusha Fotihi |
Tavalludi | Bilasuvar tumani, Ozarbayjon |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Unvoni | general-leytenant |
Harbiy qism | Ozarbayjon qurolli kuchlari |
Qoʻmondonlik qilgan | Ozarbayjon maxsus kuchlari |
Hikmat Izzat oʻgʻli Mirzayev (ozarbayjoncha: Hikmət İzzət oğlu Mirzəyev) — Ozarbayjon harbiy ofitseri. Ozarbayjon Qurolli Kuchlari general-leytenanti va Maxsus kuchlar qoʻmondoni. U 2016-yildagi Togʻli Qorabog 'toʻqnashuvlarida, shuningdek 2020-yildagi Togʻli Qorabogʻ urushida qatnashgan. 2020-yilda u Shusha jangida ozarbayjon kuchlarini boshqargan. U Vatan urushi qahramoni unvonini oldi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hikmat Mirzayev Ozarbayjonning Bilasuvar tumanida tugʻilgan.[1][2] 19-yanvar 2002-yilda Prezident Haydar Aliyev farmoni bilan Mirzayevga podpolkovnik unvoni berilgan.[3] 29-aprel 2015-yilda Maxsus kuchlar qoʻmondoni general-mayor Mirzayev Ozarbayjon maxsus kuchlarining yangi tashkil etilgan harbiy qismlariga jangovar bayroqlarni topshirish marosimida ishtirok etdi.[4] U 2016-yil aprelda Togʻli Qorabogʻda boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarda Ozarbayjon maxsus kuchlarini boshqargan.[5]
4-oktabr 2020-yilda Prezident Ilhom Aliyev Mirzayevni, general-mayor Mais Barxudarovni va ular rahbarlik qilgan xodimlarni Jabrayil shahri va Jabrayil tumanining toʻqqizta qishloqlarini qaytarib olishlari bilan tabrikladi.[6] 17-oktabrda Prezident Aliyev farmoni bilan Mirzayevga general-leytenant unvoni berildi.[7] 8-noyabr kuni Aliyev uni Shushani qaytarib olish bilan tabrikladi.[8] 10-dekabr kuni Mirzayev Mudofaa vazirligi Maxsus kuchlarining Boku gʻalaba paradida yurgan harbiy xizmatchilarini boshqargan.[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Biləsuvar rayonunun yaradılmasının 85 illik yubileyinə həsr olunmuş "Biləsuvar – 85" kitabının təqdimat mərasimi keçirildi“ (az). bilesuvar-ih.gov.az. Official website of the Executive Power of Bilasuvar District (24-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Biləsuvar rayonunun görkəmli şəxsiyyətlərinin siyahısı“ (az). bilesuvar-ih.gov.az. Official website of the Executive Power of Bilasuvar District. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ Şuşanın işğaldan azad olunmasında iştirak edən general-leytenant Hikmət Mirzəyev. youtube.com
- ↑ „Xüsusi Təyinatlı Qüvvələrin yeni yaradılan hərbi hissələrinə döyüş bayraqları təqdim olunub“ (az). mod.gov.az. Official website of the Ministry of Defense of Azerbaijan (29-aprel 2015-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ „General Hikmət Mirzəyev və aprel döyüşlərinin qəhrəmanları hərbi paradda“ (az). Azərbaycan 24 (2018-yil iyun).
- ↑ „Release of the Press Service of the President“ (en). president.az. Official website of the President of Azerbaijan (4-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Azərbaycan Respublikası Silahlı Qüvvələrinin hərbi qulluqçularına ali hərbi rütbələrin verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin fərmanı“ (az). president.az (17-oktabr 2020-yil). 2019-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
- ↑ Aliyev, Ilhom „Release of the Press Service of the President“ (en). Presidential Administration of Azerbaijan (8-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2020-yil.
- ↑ Kazimoglu, Mirmahmud „Xüsusi Təyinatlı Qüvvələrin heyəti Zəfər paradında keçid edib“ (az). Report Information Agency (10-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.