Hilol Sobiiy
Abul Husayn Hilol ibn Muhassin ibn Ibrohim Sobiiy (arab. ابو الحسين هلال بن محسن بن ابراهيم الصابئ) (358-406/404) tarixchi, mutasaddi va yozuvchi edi. Amaldorlar oilasida tug‘ilgan Sobiiy hijriy 402-403/1012-yillarda islomni qabul qilgan. Dastlab buvayhiylar amiri Somsomuddavla qo‘li ostida ishlagan, keyinchalik Bahouddavlaning vaziri Faxrulmulk qo‘l ostidagi kansler direktori bo‘lgan[1].
Asarlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hilol Sobiiy ko‘plab kitoblar muallifi bo‘lib, ularning hammasi ham bizgacha yetib kelmagan. Byurokratik masalalar va sud masalalari tarixi uning asosiy mavzulari edi.
Ehtimol, uning eng mashhur kitobi bu “Rusum dor al-xilofa”(Arabcha : رسوم دار الخلافة ) bo‘lib, u Abbosiylar saroyidagi xatti-harakatlar va faoliyat uchun qo‘llanmadir. U ko‘rsatmalar va maslahatlar to‘plami sifatida yaratilgan bo‘lsa-da, kitobda ko‘plab statistik ma’lumotlar, latifalar va tarixiy faktlar mavjud.
“Kitob al-vuzaro” (Arabbcha: كتاب الوزراء )-Xalifa Muqtadirning vazirlari bilan bog‘liq bo‘lgan bu asarning faqat boshlari saqlanib qolgan.
“Hilol Sobiiy tarixi” (Arab: تاريخ ابي الحسين هلال بن المحسن بن ابراهيم الصابي - Tarix Hilol as-Sobiiy) – bu ham parcha-parcha shaklda saqlanib qolgan, ammo uning parchalari hijriy 393-(milodiy -1003) yilgacha bo‘lgan so‘nggi buvayhiylar davri yilnomalaridagi bo‘shliqni to‘ldiradi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hilāl al-Sābi’. Rusūm Dār al-Khilāfa: The Rules and Regulations of the Abbasid Court. Trans. Elie A. Salem. American University of Beirut, 1977.
- ↑ Sourdel, D. (1971). "Hilāl b. al-Muḥassin b. Ibrāhīm al-Ṣābiʾ". In Lewis, B.; Ménage, V. L.; Pellat, Ch. & Schacht, J. (eds.). Encyclopaedia of Islam. Volume III: H–Iram (2nd ed.). Leiden: E. J. Brill. OCLC 495469525.