Hilola Nazirova
Hilola Nazirova | |
---|---|
Tavalludi |
17-may 1983-yil Toshkent |
Fuqaroligi |
Oʻzbek SSR Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | tarix, manbashunoslik |
Ish joylari |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti Oʻzbekiston tarixi" telekanali Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi |
Akademik rahbarlari | Bahtiyor Babadjonov |
Hilola Nazirova (Hilola Bahodirovna Nazirova; 1983-yil 17-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimasi[1], matnshunos va ogahiyshunos[2][3]. „Moziydan sado“ jurnalining jamoatchilik kengashi aʼzosi[4]. Hilola Nazirova „Oʻzbekiston tarixi“ telekanalida „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining muallifi va boshlovchisi sifatida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan „Yilning eng faol eksperti“ mukofoti bilan taqdirlangan. U gender tenglik masalasini tarixiy manbalarga tayangan holda yoritib beruvchi mutaxassislardan biridir[5].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hilola Nazirova 1983-yil 17-may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bakalavr (2000—2004) va magistratura (2004—2006) bosqichlarini tamomlagan. 2007—2008-yillar OʻzR FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi boʻlib ishlagan[6][7][8][9]. 2008—2011-yillar OʻzR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan va institutning asosiy (prioritet) yoʻnalishlaridan biri boʻlgan yosh matnshunoslar tayyorlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borgan. 2011-yilda RFA Sharqshunoslik institutida malaka oshirib qaytgan[10].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hilola Nazirova 2016-yilda OʻzR FA Sharqshunoslik instituti va UNESCOning Xalqaro Markaziy Osiyoni tadqiq etish instituti (IICAS) hamkorligida Muhammadrizo Ogahiyning „Zubdat at-tavorix“ asarining ilmiy-tanqidiy matnini nashr qilgan[11]. „Zubdat at-tavorix“ asari Markaziy Osiyo, xususan, Xorazm tarixining asosiy va ishonchli manbalaridan biridir. Hilola Nazirova bu asarni ilmiy muomalaga kiritdi[12][13][14]. U 2 ta monografiya va 50 dan ortiq maqola va tezislar muallifidir. Avstriya, Rossiya[15], Turkiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Eron kabi davlatlarda xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi va grantlar sohibasi. OʻzR FA Sharqshunoslik instituti qoshidagi „Bilimkent“ seminari taʼsischisi[16]. 2020-yildan boshlab „Oʻzbekiston tarixi“ telekanalida „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining hammuallifidir. 2022-yilda Hilola Nazirova Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yoʻnalishida „Qoʻngʻirotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammadrizo Ogahiyning „Zubdat at-tavorix“ asari“ mavzusidagi Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan[17][18][19]. Olima, shuningdek, Abdurahmon Jomiyga tegishli „Bahoriston“ asarining Ogahiy tomonidan qilingan tarjimasi boʻyicha ham ilmiy izlanish olib borgan[20].
Hilola Nazirovaga yangi topilgan Abulgʻozixon „Shajarayi turk“ asarining Gurlan nusxasi tabdilini amalga oshirish bilan shugʻullangan[21][22].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hilola Nazirova 2018-yil 2-iyun kuni oʻtkazilgan „Yilning eng faol yosh olimi“ koʻrik tanlovining sovrindori va „Oʻzbekiston tarixi“ telekanalida „Tarixiy savol“ koʻrsatuvining muallifi va boshlovchisi sifatida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan „Yilning eng faol eksperti“ mukofoti bilan taqdirlangan[23].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi“ (en). undefined. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ uza.uz „Аллея литераторов: прогулка в мир Огахи“ (uz). Uza.uz (2020-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ uza.uz „Огаҳийнинг “Таъвиз ул-ошиқин” китоби нашр этилди“ (uz). Uza.uz (2023-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „ЎЗБЕКИСТОН МУЗЕЙЛАРИ ДУРДОНАЛАРИДАН“. 2024-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
- ↑ „Yangi ijtimoiy loyiha: "Qizlar gapirsin" | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti“. tsuull.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „Новые перспективы на пути востоковедения“ (ru). new.academy.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Как изучают старинные рукописи Узбекистана“ (uk-ua). old.muslim.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „Новости“ (en-ca). beruni.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „Хилола Назирова — Председатель Совета молодыхученых. Института востоковедения Академии наук Республики.“. 2024-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
- ↑ „Хилола Бахадировна Назирова - Ломоносов“. lomonosov-msu.ru. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga yangi direktor tayinlandi
- ↑ „Библиотека Кыргызско – Турецкого университета Манас“. yordam.manas.edu.kg. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „Ogahiy “Zubdatu-t-tavorix” asarining qo'lyozmalari“. 2024-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
- ↑ uza.uz „Назирова Ҳилола Баҳодировнанинг тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертация иши ҳимояси тўғрисида“ (uz). Uza.uz (2022-yil 10-fevral). Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „ИВР РАН (Санкт-Петербург) - Вторая Международная научная конференция «Рукописное наследие Востока» (программа)“. www.orientalstudies.ru. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ admin „ОБЛАДАТЕЛЬНИЦА ГРАН-ПРИ И СПЕЦИАЛЬНОГО ДИПЛОМА“ (en-ca). beruni.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Олий аттестация комиссияси“. oak.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ Nazirova Hilola Bahodirovnaning tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida
- ↑ admin „Назирова Ҳилола Баҳодировна“ (en-ca). beruni.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ oyina.uz „“Баҳористон”нинг Огаҳий таржимасидаги илк қўлёзмаси“ (kiril). Oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ oyina.uz „“Shajarayi turk”ning yangi nusxasi topildi“ (uz). Oyina.uz. 2024-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ oyina.uz „“Шажарайи турк”нинг Гурлан нусхаси“ (kiril). Oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „2018 йилнинг 2 июнь куни “ЙИЛНИНГ ЭНГ ФАОЛ ЁШ ОЛИМИ” курик танловининг шахар боскичи“. 2024-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar tarixini doimo erkaklar yozgan Ӏ Turkon xotun, Xotinkent va matriarxat. YouTubeda