Kontent qismiga oʻtish

Hisob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hisob – sonlarni ifodalash va belgilash usuli. Hisob tizimlarida p ta birlik (masalan, oʻn) 2-razryadning bir birligiga (oʻnlikka) birlashadi. 2-razryadli shuncha son 3-razryadning bir birligiga (yuzlikka) birlashadi va hokazo p soni hisob tizimining asosi, har bir razryaddagi birliklarning sonini ifodalovchi belgilar raqamlar deyiladi. Eng koʻp qoʻllanadigan hisob tizimi oʻnlik tizim boʻlib, unda 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari ishlatiladi (qarang Oʻnli sanoq tizimi). Baʼzi xalqlar hisobning beshlik tizimidan foydalanishgan. Qadimgi Bobilda oltmishlik tizim mavjud boʻlib, bu tizim soat va gradusning 60 daqiqaga, daqiqaning 60 soniyaga boʻlinishida hozirgacha saqlanib qolgan.