Kontent qismiga oʻtish

Hyuston

Koordinatalari: 29°45′46″N 95°22′59″W / 29.76278°N 95.38306°W / 29.76278; -95.38306
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hjūstonadan yoʻnaltirildi)
Houston
Shahar
Skyline of Houston
Houston
Bayroq
29°45′46″N 95°22′59″W / 29.76278°N 95.38306°W / 29.76278; -95.38306
Mamlakat AQSh
Shtat Texas
Okrug Harris, Fort Bend, Montgomery
Hukumat
 • Mer Annise Parker
Maydon 16,252 km2 (6,275 kv mi)
Dengiz sathidan balandligi 13 m
Aholisi
 (2010 US Census)
2 099 451(4thU.S.)
Zichligi 1505 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC-5, yozda UTC-4
Telefon kodi 713, 281, 832
FIPS kodi 48-35000[1]
Houston xaritada
Houston
Houston
Houston xaritada
Houston
Houston

Xyuston — AQShning janubiy qismidagi shahar, Texas shtatida. Aholisi 1,95 mln. kishi (2000). AQShning yirik neft va galla porti (yiliga 120 mln. t yuk ortibtushiriladi). Dengiz kemalari qatnaydigan kanal orqali Meksika qoʻltigʻi va Galveston avanporta bilan bogʻlangan. Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. AQSH jan.ning eng yirik sanoat markazlaridan. Neft, gaz, oltingugurt qazib olinadi va qayta ishlanadi (sintetik kauchuk, plastmassa, organik va neorganik ximikatlar, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish). Qora metallurgiya rivojlangan. Neft va gaz sanoati uchun mashinalar, jihozlar va kuvurlar ishlab chiqariladi. Radioelektronika, kemasozlik, oziqovqat (jumladan, sholi oqlash), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. universitetlar, Jonson nomidagi kosmosga uchish markazi bor. Shaharga 1836-yilda asos solingan. 1840-yilgacha "mustaqil" Texas Respublikasi poytaxti boʻlgan.

Houston AQShning Texas shtatida joylashgan shahardir. Harris, Fort Bend va Montgomery okruglari tarkibiga kiradi.

2099451(4thU.S.) nafar aholi istiqomat qiladi (2010 US Census).[2] Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 1505 nafar kishi.

Maydoni — 1625,2 km2. Shundan 1552,9 km2 quruqlik, 72,3 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 13 m balandlikda joylashgan.

Houston manzarasi.
  1. „American FactFinder“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  2. „Texas by Place - GCT-T1-R. Census“. US Census. 2011-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-yanvar. (Wayback Machine saytida 2011-01-03 sanasida arxivlangan)