Kontent qismiga oʻtish

Karbunkul

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ho'ppozdan yoʻnaltirildi)
Karbunkul
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Dermatologiya, infectious diseases[*]
MedlinePlus 000825
MeSH D002270


Karbunkul (lotincha: carbunculus — "ko'mir"; eski rus. nomi - o't o'chiruvchi, ko'mir yoquvchi) — Yonma-yon joylashgan bir necha soch xaltachalari va yog' bezlari o'tkir yiringli yallig'lanib, umumiy infiltrat va teri hamda teri osti klechatkasida nekroz paydo bo'lganda carbunkul («carbunculus») deyiladi[1].

Etiologiyasi va patogenezi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning qo'zg'atuvchisi ko'proq tillarang stafilokokkdir, ko'pincha stafilo va streptokokk infeksiyasi birbiriga aralashib ketadi. Kasallikning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo'ladi: organizmning umumiy zaiflanishi, gipovitaminozlar, moddalar almashinuvi va kasalliklari (qand kasalligi, semirib yoki ozib-to'zib ketish). Odatda, karbunkul bilan katta yoshdagi kishilar kasallanadi. Karbunkul ko'proq bo'yinning orqa yuzasida, ensada, orqada, belda, ustki yoki pastki labda paydo bo'ladi.

Patologoanatomik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teri va teri osti kletchatkasida bir nechta soch xaltachalarni hamda yog' bezlarini o'rab olgan infiltrat paydo bo'ladi. Qon aylanishining buzilishi yuz beradi, to'qima keng ko'lamda nekrozga uchraydi va bu chipqondan farq qilib, barcha teri osti to'qimalarini qamrab oladi. Nekroz zonasida yiring paydo bo'lib, bir nechta soch xaltachalari teshigi orqali tashqariga ajralib chiqadi. Keyin nekrozga uchragan to'qimalar bir-biri bilan birikib, katta vulqon og'ziga o'xshash yoriq hosil qiladi, bu yoriq asta-sekin granulyatsion to'qima bilan to'lib boradi.

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karbunkul haroratning sezilarli darajada ko'tarilishi va qattiq og'riq bilan boshlanadi. Qizarib shishib chiqqan joy tez kattalashib boradi (boshlanishida bir nechta infiltratlar bo'lishi mumkin, lekin ular tezda bir-biriga qo'shilib ketadi). Teri ko'kimtir-qizil rangga kiradi, yallig'langan joy atrofida shish rivojlanib, teridan bo'rtib chiqadi. Infiltrat ustidagi teri, ko'proq jadallik bilan qizargan markazidagi teri (bu yerdagi rang asta-sekin oqarib boradi, teri yupqalashib yoriladi) tushib ketadi. Bir nechta tuynukchalar paydo bo'lib, ulardan yiring ajralib chiqa boshlaydi. Ayrim tuynukchalar bir-biriga qo'shilib ketadi, yallig'lanish jarayoni chuqurlashib, muayyan mushak ustidagi pardagacha yetib boradi. Jarayon ko'plab yiring oqishi va nekrotik to'qimalarning tushib ketishi bilan kechadi. Karbunkulga intoksikatsiyaning umumiy belgilari xosdir: harorat ba'zan 40 °C darajaga ko'tariladi va u et uvishishi, behuzur bo'lish, qayt qilish, boshning qattiq og'rishi, uyqusizlik va behushlanish bilan kechadi. Karbunkul odamning yuzida, ayniqsa, yuqori labida bo'lsa xatarlidir. Yiring chiqib, nekrotik to'qimalar tushib ketgach, bemorning umumiy ahvoli sezilarli ravishda yaxshilanadi.

O'ta xavfli asoratlardan tromboflebit va limfangitni, tromboz, sepsis va yiringli meningitni ko'rsatib o'tish joizdir.

Differensial diagnozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karbunkulni chipqondan, kuydirgi karbunkuldan, yara qilib yuboradigan xavfli o'smadan farqlash lozim.

Bemor jarrohlik bo'limiga albatta yotqizilishi kerak. Dastlabki bosqichda novokain-ampitsillin eritmali infiltrativ blokadalarni yoki penitsillin bilan elektroforezni qo'llash mumkin. Shuningdek, qisqa to'lqinli terapiya ham naf keltirishi mumkin. Yotib davolanish, immobilizatsiya, og'riqsizlantirish va intibiotiklarni sulfanilamidlar bilan birga kushib, mushaklarga va venaga yuborish buyuriladi. Karbunkul odamning yuzida bo'lgan hollarda qattiq-quruq ovqat bilan cheklaniladi, ko'p gaplashish man etiladi. Chipqondan farqli oiaroq karbunkulda ko'pincha jarrohlik yo'li bilan davolash qo'l keladi, ayniqsa bu davo 2-3 kecha-kunduz davomida dori-darmonlar bilan davolash yetarlicha naf bermaganda va bemorning

ahvoli oldingi og'irligicha qolgan hollarda o'rinli bo'ladi. Umumiy og'riqsizlantirish bilan karbunkuldan to mushak ustidagi pardasigacha gir aylantirib yoki xochsimon qilib yara kesiladi. Nekrotik teri va yumshoq to'qimalarning hammasi to sog'lom joygacha qirqib olinadi. Gipertonik eritma, furatsillin bilan yiringdan tozalangach demeksid+furatsillin eritmasi, levomikol malhami surtilgan tamponlar har 2 kecha-kunduzda almashtirib turilishi lozim. Proteologik fermentlardan foydalaniladi. Nekrotik to'qimalar, shuningdek, 25 foiz salitsil kislota kristallari ta'siri ostida ham yaxshigina tushib ketadi. Diabet bilan og'rigan bemorlarga nisbatan bu davrda jadal insulin bilan davolash qoʻllanadi. Kasallik

maqbul tarzda kechsa, yara bir oy mobaynida bitib ketadi[2].

  1. Ф.Нишонов, Б.Абдуллажонов, Н.Бозоров, А.Отақўзиев. Хирургик касалликлар. Андижон 2020. 
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya. Yangi asr avlodi 2008.