Kontent qismiga oʻtish

Follikulit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Follikulit — bu bir yoki bir nechta soch follikulasining yalligʻlanishi hisoblanadi. Bu holat terining soch bilan qoplangan har qanday qismida yuzaga kelishi mumkin. Madda inson tanasining asosan yuz qismida, koʻkrak qismida, orqa tomonida, oyoq, qoʻl va bosh terisida uchraydi [1].

  • Teri qizarishi (terining yuzasida qizarish)
  • Terining shilinishi
  • Terining sochli qismi atrofida joylashgan madda koʻpincha parranda grippi bilan adashtirishga sabab boʻladi
    • Vaqt oʻtgan sari ogʻriq kuchayishi mumkin
    • Odatda boʻyin, qoʻtiq osti sohalarda koʻproq uchraydi
    • Baʼzan genitial aʼzolar atrofida ham madda paydo boʻlishi mumkin
  • Agar davo choralari toʻgʻi olib borilmasa keyinchalik butun tana boʻylab tarqalishi mumkin.

Ushbu holat keyinchalik teri abssessi va terining boshqa yiringli kasalliklariga sabab boʻlishi mummkin[1].

Keltirib chiqaruvchi sabablar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning asosiy qoʻzgʻatuvchisi tillarang stafilokkok (Staphylococcus aureus) bakteriyasi hisoblanadi. Bakteriyalardan tashqari zamburugʻ va viruslar tomonidan ham keltirilib chiqishi mumkin. Bundan tashqari noinfeksion follikulit ham mavjud boʻib, bu boshqa kasalliklar sababli kelib chiqadi masalan: virusli gepatit, qandli diabet va hokazo.

Koʻpincha follikulit hech qanday davo muolajalarisiz tuzalib ketadi[1]. Lekin yuqorida aytilganidek follikulit terining boshqa infeksion kasalliklariga aylanib ketishi mumkin shuning uchun ham birlamchi davolanishni talab etadi.

  1. Koʻp hollarda mahalliy antiseptik qoʻllashning oʻzi yetarli boʻladi.
  2. Antibiotik terapiya ham samarali usul hisoblanadi bunda asosan tabletka shaklidagi antibiotiklardan foydalaniladi.
  3. Zamburugʻli follikulitda flukonazol kabi oral antifungal preparat kerak boʻlishi mumkin[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Folliculitis“, Folliculitis in StatPearls. StatPearls, 18 September 2019.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "pmid31613534" defined multiple times with different content