Kontent qismiga oʻtish

Hoʻkiz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hoʻkiz — ish hayvoni; 2 yoshdan oshgan, qoʻshta yaraydigan bichilgan erkak qoramol. Mustahkam va dagʻal konstitutsiyali novvoslar bir yoshdan oshganda axtalanib, ish hayvoni sifatida 18— 24 oyligidan boshlab turli xoʻjalik ishlarini bajarishda foydalanilgan. Omoch bilan yer haydash, gʻalla yanchish (hoʻp), aravalarga qoʻshib yuk tashish ishlarida asosiy ulov boʻlgan. Osiyo, Afrikaning ayrim mamlakatlarida H.lar asosiy ish va miniladigan (transport) hayvon sifatida hozir ham koʻp ishlatiladi. Oʻzbekistonda H.lardan xoʻjalik ishlarida 20-asrning 50-yillari boshiga qadar foydalanilgan.