Kontent qismiga oʻtish

Hodad's

Koordinatalari: 32°44′56″N 117°15′08″W / 32.7488°N 117.2522°W / 32.7488; -117.2522
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hodad's
Map
Restaurant information
Asos solingan 1973 (51 yil avval) (1973)
Avvalgi egasi egasi(lar) Byron and Virginia Hardin
Mike Hardin
Food type gamburger
Koʻcha manzili Newport Avenue
Shahar San Diego
Davlat Kaliforniya
Boshqa manzillari Downtown San Diego
Petco Park
Vebsayt hodadies.com

Hodad’s – San-Diegodagi gamburger restoranlarining kichik tarmogʻi boʻlib, 1973-yilda er-xotin Byron va Virginia Hardin tomonidan tashkil etilgan. Ular 1979-yilgacha faqatgina burger tayyorlash bilangina shugʻullanishgan.

1984-yilda Byron vafotidan soʻng uning oʻgʻli Mike Hardin restoran mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan. U 1989-yilda Virginia vafotidan keyin boshqaruvni toʻliq egallagan. Hardin restoranni Ocean Beach hududidagi Newport prospektida joylashgan hozirgi joyiga koʻchirgan. Keyinroq Petco Parkda, hamda 10-avenyu va Broadwayning burchagida qoʻshimcha restoranlar ochilgan. Mike 2015-yilda vafot etgan va biznesini bolalari Shane va Lexiga meros sifatida qoldirgan.

Hodad’s oʻzining burgerlari, ayniqsa bekon nonidan tayyorlangan cheeseburgerlari bilan tanilgan. Bu mahsulotlar Gay Fierining Diners, Drive-ins and Dives telekoʻrsatuvida namoyish etilgan. Televidiyada namoyish etilganidan soʻng, restoran savdosi sezilarli darajada oʻsgan. Shu ko'rsatuvdan keyin har kuni minglab burgerlar sotila boshlangan. Shuningdek, u bir nechta „eng yaxshi oshxonalar“ roʻyxatiga ham kiritilgan, jumladan CNN ning 2009-yilda „Tashrif buyurilishi kerak boʻlgan beshta mazali burger tayyorlovchi oshxonalar“ milliy roʻyxati va 2015-yilda chop etilgan Foursquarening „Amerikadagi eng yaxshi 50 ta burger tayyorlovchi oshxonalar“ roʻyxatida tilga olinadi.

Hodadning egasi Mike Hardinning yogʻochdan yasalgan yodgorlik portreti. Uning atrofida korxonaga sovgʻa qilingan avtomobil raqamlari oʻrnatilgan.

Er-xotin Byron va Virginia Hardin dastlab 1969-yilda San-Diegoning El-Cajon shahridagi Hardinʼs Gamburgers nomli restoranni boshqarishgan[1]. 1973-yilda ular San-Diegodagi Ocean-Beachda burger stendini 600 dollarga sotib oladilar (2023-yil holatiga koʻra 4118$ ga teng) va uni Hodad’s deb atashgan. Bu nom oʻzini syorfing bilan shugʻullanuvchi sifatida koʻrsatadiganlar orasida paydo boʻlgan[2][3][4]. Restoran 1979-yilda avvalgi yer egasi ijara haqini ikki baravar oshirganidan soʻng, Voltaire koʻchasidagi kattaroq joyga koʻchib oʻtkazilgan va shu paytda biznes muvaffaqiyatga erisha boshlagan[4]. Hodad’s 1991-yilda Newport prospektidagi hozirgi manziliga koʻchirilgan[3], uning ochilishiga atigi toʻrt kun kerak boʻlgan[4]. Restoran 2011-yilda San-Diego markazida Broadwayning burchagidagi hududda faoliyat olib borgan[5][6]. Uning hududi „Hodad’s Too“ deb nomlangan boshqa savdo nuqtalaridan taxminan ikki baravar kattaroq boʻlgan[7]. Hodad’s San-Diego Padres bilan hamkorlik shartnomasini imzolaganidan keyin oʻz mahsulotlarini Petco Parkda sotishni boshlagan[5][8].

2015-yil holatiga koʻra, restoran kuniga 1200 dan 1500 gacha gamburger sotgan[9]. Hodad’s sayyohlar va mahalliy aholi orasida mashhur boʻlib, baʼzida navbatlar bir necha soat davom etadi[10].

Boshqaruv tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yilda tashkil etilganidan to 1984-yilgacha restoran Byron va Virginia Hardinga tegishli boʻlgan. Ularning oʻgʻli Mike Hardin 1984-yilda otasi vafot etganidan keyin, boshqaruvda ishtirok eta boshlagan. 1989-yilda Virginia vafot etganida, Mike Hardin biznes sherigi Terry Rhodes bilan katta mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan[11][12][4]. Mike Hardin Discover San Diego va San-Diego Union-Tribune nashrlari tomonidan mahalliy muhim shaxs deya ataladi[3][11]. Mike Hardin 2015-yil 5-fevralda yurak xurujidan vafot etgan[13] va jamoa tomonidan Ocean Beach restorani oldida uning xotirasi uchun vaqtinchalik muddatga yodgorlik qurilgan[11][14]. Restoran 6 va 7-fevral kunlari uning hurmati uchun yopilgan va 9-fevralda qayta ish boshlagan[15][16]. Yuzlab odamlar mart oyi oxirida Petco’s Parkdagi ommaviy yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etishgan, jumladan Guy Fieri ham bu marosimda qatnashgan[17][18][19]. Mikening oʻgʻli Shane va qizi Lexi 2015-yilda restoranlar tarmogʻining rahbarlari boʻlishgan[9]. SD News nashriga bergan intervyusida Shane biznesni oʻz qoʻliga olish, shuningdek, otasidan keyin yemakxona faoliyatini qayta modellashtirish xususida gapirib oʻtgan[20].

Blue Jay burger va piyoz halqalari.

Hodad’s oshxonasi oʻzining bekon nonidan tayyorlangan cheeseburgerlari, kartoshka frisi, piyoz halqalari va katta porsiyada beriluvchi sut kokteyllari bilan mashhur[21]. Hodad’s yemakxonasining asosiy filialida burgerlar narxi 25 sent (2023-yilda bu 2$ ga teng) boʻlib[4], 2015-yilgacha bu qiymat 4,25 dan 8,25 dollargacha koʻtarilgan[22]. Mike Hardin biznes maʼsuliyatini oʻz zimmasiga olganida, u asosiy eʼtiborni burger tayyorlashga qaratgan[23] va 2013-yilda Guido burgerini yaratgan. Guy Fieri va uning taxallusidan ilhomlanib, Hodad’s oʻzining mashhur burger turini kashf etgan[9][3][24][25]. Yana bir mashhur burger Blue Jay nomi bilan atalgan boʻlib, u koʻk pishloq va piyozli Bekon cheeseburgeridan tarkib topgan[26]. Hodad’s bekon piroglari hash brown shirinligiga oʻxshab ketganligi uchun ham mashhur[27].

Restoranning devori. Unda odamlar tomonidan sovgʻa qilingan bir nechta avtomobil raqamlari va taomnoma koʻrsatilgan.

Hodad’s devorlari koʻplab avtomobil raqamlari bilan bezatilgan, turli stikerlarni Newport avenyusidagi va 10-avenyudagi filiallarda ham koʻrish mumkin[28]. Mike Hardin Ocean Beachdagi hamma buyumlar mijozlar tomonidan taqdim etilganligini aytgan[10]. Hodad’s Too-dagi boshqa dekoratsiya buyumlariga devordagi skeytbordlar va syorfing taxtalari kabilar kiradi[29]. Uning uslubi plyajga oʻxshash boʻlib, juda hashamatli tarzda jihozlangan[23][30].

Guido Burger va piyoz halqalari, Guy Fieri nomi bilan tanilgan

Hodad’s burgerlari va uslubi hamisha ijobiy qabul qilingan. U oziq-ovqat tarmogʻi telekanalida „Men yegan eng yaxshi narsa (inglizcha: The Best Thing I Ever Ate“ nomli epizodda paydo boʻlgan[31]. Restoranning bekonli cheeseburgeri Guy Fieri tomonidan maqtovga sazovor boʻlgan va 2009-yilda CNN yemakxonani „Tashrif buyurilishi kerak boʻlgan beshta mazali burger tayyorlanadigan oshxonalar“ roʻyxatiga kiritgan[32]. Hodad’s taomlari San-Diego jurnalining „Everyday Eats“ turkumidagi maqolalaridan birida yozib chiqilgan[33]. 2015-yilda restoran Foursquarening 50 ta „Amerikadagi eng yaxshi burger tayyorlovchi oshxonalar“ roʻyxatiga 26-oʻrinni egallagan[12]. Hoodline maqolasida, Hodad’s burgerlari 10 dollardan arzon burgerlar uchun 50 ta yemakxonalar ichida 3-oʻrinni egallagan[34]. San Diego Union-Tribune uni San-Diegodagi 30 ta eng yaxshi burger tayyorlovchi oshxonalar roʻyxatiga kiritilgan[22]. Times of San Diego gazetasida Hoa Quach uni San-Diegoda Otalar kunini nishonlash uchun tanlangan restoranlar roʻyxatiga kiritilgan[26].

Serious Eats nashrining yozuvchisi Erin Jackson yemakxonaning bekonli cheeseburgerlarini ijobiy baholagan[27]. The Daily Meal uni AQShdagi eng yaxshi fri kartoshkalar tayyorlaydigan eng yaxshi oshxonalarning 50 talik roʻyxatiga kiritgan[35]. Houston Press yozuvchisi Robb Walsh burger aslida mamlakatdagi eng yaxshi taom emasligini aytib oʻtgan[36]. San-Diego Reader nashri noshiri Ian Pike gamburgerlarni San-Diegodagi eng yuqori burger sifatida roʻyxatga kiritgan[37].

  1. „About Us“. web.archive.org (2024-yil 16-yanvar). 2024-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-aprel.
  2. „Public Memorial For Recently-Deceased Hodad's Owner Mike 'Bossman' Hardin To Be Held At Petco Park, Saturday, March 28“. San Diegoville (2015-yil 9-mart). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Cantore. „In memory of an OB icon“. Pacific San Diego (2015-yil 19-fevral). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Gormlie. „Mike Hardin: 'Hodad's my livelihood, not my life.'“. OB Rag (2011-yil 5-aprel). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  5. 5,0 5,1 „Where Is Hodad's?“. Petco Park Insider (2015). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
  6. Bedford. „Say the Word at Hodad's“. San Diego Reader (2011-yil 11-may). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  7. Yoo. „"Hodad's Too" to Open in "Sept-ober"“. San Diego Entertainer Magazine (2010-yil 13-iyul). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  8. „Want fries with that? Hodad's burgers come to Petco“. MLB (2012-yil 2-may). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  9. 9,0 9,1 9,2 Woo. „Hodad's in Ocean Beach, Saturday at Noon“. San Diego Eater (2015-yil 15-aprel). Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
  10. 10,0 10,1 Cecchetto. „Hodad's: Burgers on Broadway“. CBS 8 (2011-yil 23-may). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  11. 11,0 11,1 11,2 Kucher. „Iconic Hodad's restaurant co-owner dies“. San Diego Union-Tribune (2015-yil 6-fevral). Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  12. 12,0 12,1 Garske. „Hodad's Among Best Burger Joints in America: Foursquare“. NBC San Diego (2015-yil 19-may). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  13. Stickney. „Autopsy Results Released in Death of Hodad's Owner Mike Hardin“. NBC San Diego (2015-yil 10-fevral). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  14. Ojeda. „Makeshift Memorial at Hodad's Honors Late Owner Mike Hardin“. NBC San Diego (2015-yil 6-fevral). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
  15. „Hodad's Burgers reopens following owner Mike Hardin's death“. SD News (2015-yil 6-fevral). 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
  16. Posner. „Hodad's Closes Temporarily, Mourning Owner Hardin's Death“. Times of San Diego (2015-yil 6-fevral). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  17. Gormlie. „Hundreds Turn Out for Mike Hardin Memorial in Petco Park“. OB Rag (2015-yil 30-mart). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  18. Fikes. „Hodad's Mike Hardin remembered“. San Diego Union-Tribune (2015-yil 29-mart). Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  19. Jacobs. „Hundreds pay tribute to Hodad's owner Mike Hardin“. Fox San Diego (2015-yil 28-mart). 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  20. Ratner. „Shane Hardin continues the family tradition at Hodad's“. SD News (2017-yil 2-sentyabr). 2019-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  21. Walsh. „Hodad's: Nation's Best Burger?“. Houston Press (2009-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  22. 22,0 22,1 „San Diego's 30 best burgers“. The San Diego Union-Tribune. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.[sayt ishlamaydi]
  23. 23,0 23,1 Oliver-Kurtin. „Hodad's brings burgers with a personal touch to downtown“. SD News (2011-yil 5-may). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.[sayt ishlamaydi]
  24. „Friends of Hodad's“. Hodad's. 2024-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  25. Fieri, Guy. Diners, Drive-ins and Dives: An All-American Road Trip . . . with Recipes!. Zondervan, 2008 — 4-bet. ISBN 9780061724886. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun. 
  26. 26,0 26,1 Quach. „12 Perfect Restaurants to Celebrate Father's Day in San Diego“. Times of San Diego (2017-yil 12-iyun). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  27. 27,0 27,1 Jackson. „Hodad's in San Diego Goes Beyond Bacon Strips with a Bacon Patty“. Serious Eats. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  28. „Explore San Diego – Hodad's“. USA Today. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  29. „Hodad's – San Diego California“. Food Smackdown. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  30. Parente. „Hodad's : Our San Diego culinary bucket list, 2016 edition“. The San Diego Union-Tribune (2016-yil 20-oktyabr). 2018-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  31. „With Bacon“. Food Network. Qaraldi: 2017-yil 7-oktyabr.
  32. Patterson. „Five tasty burger joints worth visiting“. CNN (2009-yil 16-aprel). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
  33. Jackson. „Everyday Eats: Burger Basket at Hodad's“. San Diego Magazine (2014-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 26-aprel.
  34. „Think Inside The Bun: How New York City Stacks Up In America's Top 50 Burgers“. Hoodline. Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  35. „America's 50 Best French Fries“. The Huffington Post (2015-yil 10-iyun). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  36. Walsh. „Hodad's: Nation's Best Burger?“. Houston Press (2009-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  37. Pike. „San Diego's most overrated burgers“. San Diego Reader (2016-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.

32°44′56″N 117°15′08″W / 32.7488°N 117.2522°W / 32.7488; -117.2522