Hodi-zoda Rasul
Hodi-zoda Rasul – adabiyotshunos hamda sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. Tojikiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Hayoti va hayotiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1928-yil 6-martda Samarqand shahrida tavallud topgan. 1944-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ToshDU)ning sharq fakultetiga oʻqishga kiradi. Bu vaqt mobaynida Oʻzbekiston radiokomitetida tojik tilida beriladigan adabiy-dramatik eshittirishlar tahririyatining mudiri lavozimida ishlaydi. 1950-yil aprel oyidan to avgust oyiga qadar „Oʻzbekiston surh“ (hozirgi „Ovozi Tojik“) roʻznomasida madaniyat boʻliming boshligʻi boʻlib ishlagan. 1950-yil sharq fakultetining eron-afgʻon boʻlimini bitirib, ishlash uchun Dushanbe shahriga koʻchib ketadi va shu yildan boshlab uning butun umri va ilmiy-adabiy faoliyati Tojikiston bilan bogʻlanib qoladi. U shu yili Tojikiston FA Til va adabiyot instituti aspiranturasiga oʻqishga kiradi va 1954-yilda sobiq SSSR FA Sharqshunoslik institutining ilmiy kengashida „Istochnik i izuchenieyu tadjikskoy literaturi vtoroy polovini XIX v.“ degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1969-yil yanvar oyida esa oʻsha ilmiy kengashda „Axmad Danish i tadjikskaya prosvetitelskaya literatura“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. 1984-yilda unga professor ilmiy unvoni beriladi. 1990-yilda esa „Tojikiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ degan faxriy unvonga sazovor boʻladi. Olim 1958-yildan boshlab Tojikiston FA Sharqshunoslik hamda Til va adabiyot institutlarida tojik adabiyoti tarixi boʻlimining mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatib kelgan. U Tojikiston FA Rudakiy nomidagi Til va adabiyot institutida fors-tojik adabiyoti tarixi masalalari boʻyicha ilmiy maslaxatchi boʻlib ishlagan. Rasul Hodi-zoda bir necha yillar davomida adabiyot va sanʼat sohasi boʻyicha Rudakiy nomidagi Davlat mukofoti berish komitetininh ilmiy kotibi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasining tanqid va adabiyotshunoslik boʻliming raisi, sobiq SSSR yozuvchilar uyushmasi tanqid va adabiyotshunoslik kengashining vazifalarida xizmat qilib kelgan. Olim yozuvchilar uyushmasiga qabul qilish hay’atining aʼzosi, bir necha ilmiy kengashlar aʼzosi lavozimlarida xizmat qilib kelgan. Bir necha tarixiy romanlar yozgan isteʼdodli yozuvchi hamdir. Uning baʼzi romanlari, jumladan, Ahmad Donish hayot yoʻliga bagʻishlangan asari „Zvezda vo mgle“ nomi bilan rus tiliga tarjima qilinib, Moskvada nashr etilgandir. Olim 400 ga yaqin ilmiy maqolalar, monografiya va risolalar muallifidir.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Istochniki k izucheniyu tadjikskoy literaturi vtoroy polovini XIX veka (monografiya). Stalinabad, 1957.
- Shamsiddin Shohin (monografiya). Dushanbe, 1974.
- Ahmad Donish (monografiya). Dushanbe, 1976
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Abdusamatov, Malik. O'zbekiston Sharqshunoslari, 1996.