Hoji Abdulazizboy madrasasi
Madrasa | |
Hoji Abdulazizboy madrasasi
Hoji Abdulazizboy madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo viloyati |
Shahar | Qarshi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Maqomi | saqlanib qolgan |
Hoji Abdulazizboy madrasasi — Qarshi madrasasi. Madrasa Tutak darvozasining ro’parasida, old qismi janubi-g’arb tomonga qaratib qurilgan. 1969-yildan shu paytga qadar unda Qashqadaryo viloyat o’lkashunoslik muzeyi joylashgan. 1909-yil bunyod etilgan. Madrasaga oid vaqf hujjatlari hali topib o’rganilmagan. Madrasaga uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar o’qishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Mazkur yil madrasa darvozasi tepasidagi marmar lavhga yozib qo’yilgan. Madrasaning old qismi ikki qavatli, darsxonasi kirishda o’ngda va chap tarafda masjidi bor. Hujralari soni yigirma to’rtta, shundan to’qqiztasi ikkinchi qavatda joylashgan. Madrasa inqilobdan keyin qamoqxonaga aylantirilgan[1]. Mashhur bosmachi Razzoq, cho’loq, shu yerga qamalgan. Lekin tadbir ishlatib, qochishga muvaffaq bo’lgan. Hoji Abdulazizboy madrasasi vaqfli bo’lgan. Ammo vakq mulki unchalik katga bo’magan. Undan yiliga taxminan 12 botmon g’alla hosili olib turilgan. 1950-yillarda u shahar maishiy xizmat xo’jaligi ixtiyorida bo’lib, shahar sanoat ishlab chiqarish kombinatiga ijaraga beriladi va uning birinchi qavati limonad ishlab chikaradigan korxonaga aylantiriladi. Chiqindi suv to’g’ridan-to’g’ri sharqiy devor tagiga oqizilgan vaoqibatda bino halokat yoqasiga kelib qoladi. Madrasaning orqa tomonida Hoji Abdulazizboy yashagan. Hozir uning o’rnida bolalar bog’chasi joylashgan. Inqilobdan keyin Abdulazizboy Afg’onistonga qochib ketadi. Uning avlodlari hozir turli xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilib kelmoqda[2].
Me’morchiligi
Hoji Abdulazizboy madrasasi O’rta Osiyo me’morchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq g’isht, yog’och, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolgan.