Kontent qismiga oʻtish

Horacio Quiroga "Par yostiq" hikoyasi tahlili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urugvay yozuvchisi Oracio Kiroga (ispancha: Horacio Quiroga)ning qalamiga mansub “Par yostiq” mistik hikoyasi adib  tomonidan kitobxonlarga hamisha dolzarb boʻlgan masalalardan bir nechtasini yuzaga koʻtaradi.

Tahlil[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Par yostiq” hikoyasi bir oila ya'ni yangi kelinchak va uning turmush oʻrtogʻi hayotida sodir boʻlgan mudhish hodisani oʻz ichiga olgan. Hikoya boshlanishidayoq ularning hayotida yechilishi kerak bo’lgan koʻzga koʻrinmas muammo nazarga tashlanadi. Va oqibatda bu boshqa bir oxiri fojiya bilan tugaydigan oʻta ayanchli, mudhish holatni keltirib chiqaradi.

Hikoya avvalida Alisiya ismli qizning hayoti oʻzi xayol qilgani kabi boshlanmaganligi ta'kidlanadi. Alisiya Xordan ismli yigitga turmushga chiqadi. Ammo undan mehr koʻrmaydi. Xordan Alisiyani oʻzgacha va yashirin sevsa-da, tuygʻularini bildirmas edi. U sevgisini sezdirmagani bois qiz uning mehrini his qilmas va sevmaydi deb o’ylardi. U oʻz orzularidagi hayotni kutib yashadi. Ammo toʻsatdan xastalanadi. Oila shifokorining davolashga urinishariga qaramay xastaligining sababi va yechimi hikoya so’ngiga qadar sirli qoladi. Ikki yosh kechalari bilan uxlamas, qiz xastaligi sababli ingrab chiqar, uning turmush oʻrtogʻi esa mehmonxonada xavotir bilan u burchakdan bu burchakka yurib chiqardi. Ammo rafiqasiga biror yordam ko’rsata olmasdi.

Alisiya vafot etdi. Uy xizmatchisi uning yotogʻini tartibga keltirayotib, yostiqda qon dogʻlarini payqab qoladi va Xordanni chaqiradi. Xordan uni yorugʻ joyga olib chiqadi. Va uning ichidan tukli shilimshiq va sharsimon mavjudotni topishadi. Bu parazit kuchsiz Alisiyaning qonini soʻrib bitirgan edi. Asardagi parazit bir tomondan, bizning hayotimizdagi gigiyenik xavf-xatarlarni koʻrsatib bera olgan. Oddiy yostiq yangilanib turmasligi oqibatida insonga zarar yetishi mumkinligi hikoyada sodda va biroz boʻrttirish yoʻli bilan ochib berilgan. Tozalikka hamisha e'tiborli boʻlish kerak. Shuningdek, asardagi asosiy masala bu bilan cheklanmaydi. Avvalambor, begona xonadonga kelgan va yosh Alisiyaga Xordonning mehri, sevgisi, shirin soʻzlari malhamdek zarur edi. Alisiyaga befarq va  eʼtiborsiz koʻrinishga urinish mehr kutgan qizning tushkunlikka tushishi va kasallanib qolishiga sabab boʻldi, yostiqni almashtirihsga ruxsat bermaganligi esa bevosita oʻlimga olib keldi. Bunda ham ramziy ma’no bor, ya’ni kichik muammolarga o’z vaqtida yechim izlanmasa, ular kattalashib fojiaviy xarakter kasb etishi ta’kidlanadi.

Buyuk yozuvchilarning asarlari zamon va makon tanlamaydi, ularda hamisha insoniyatga ogohlik qoʻngʻirogʻi sifatida turfa chaqiriqlar yangraydi. Oracio Kiroganing kichik mistik hikoyasi ham inson va jamiyatning bir qancha ijtimoiy, madaniy muammolarini oʻz ichiga qamrab olgan o’lmas asardir.     

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://ziyouz.uz/jahon-nasri/orasio-kiroga/orasio-kiroga-par-yostiq-hikoya/