Kontent qismiga oʻtish

Hosil Fozilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hosil Fozilov
Tavalludi 28-avgust 1909-yil
Toshkent
Vafoti 3-avgust 2003-yil
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Sohasi Energetika
Institutlar Toshkent politexnika instituti
Taʼlimi Oʻrta Osiyo industrial instituti
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Mashhur ishlari elektr tizimlari rejimlarini tahlil qilish nazariyasi
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959)
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan energetik (1989)

Hosil Fozilovich Fozilov (1909.28.8[1] Toshkent — 2003.8.3) — oʻzbekistonlik energetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1956). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959); Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan energetik (1989), "Do‘stlik" ordeni sohibi (1994)[2]. Texnika fanlari doktori (1953), professor (1954). Fozilov elektr tizimlari rejimlarini tahlil qilish nazariyasining asoschilaridan biridir.

Fozilov Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan (1934). Toshkent politexnika institutida assistent (1935—37), ToshPIda katta oʻqituvchi, dotsent (1940—47), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi (1947—56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika instituti direktori (1956—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1956—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi texnika boʻlimi boshligʻi (1962—63), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti laboratosiyasi boshligʻi (1963— 69), ToshTU kafedra mudiri (1969—93), kafedra professori (1993-yildan).

Ilmiy ishlari elektr energiyasini uzoq, masofaga uzatish muammolarini hal etish, elektr energetikasini rivojlantirish muammolariga bagʻishlangan. Uning rahbarligida respublikaning elektr energetika resurslarini oʻzlashtirish loyihalari ilmiy jihatdan asoslab berildi, elektr tizimlarini hisoblash algoritmi yaratiddi. Fozilov respublikaning energetika va suv muammolarini yechishga katta hissa qoʻshgan.

  • Optimizatsiya rejimov elektroenergeticheskix sistem, T., 1987; Us t anovivshiyesya rejimi elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya (v soavtorstve). T., 1999.
  • Hosil Fozilovich Fozilov (bibliografiya), T., 1984.