Kontent qismiga oʻtish

Hovuzdagi hayvonlar

Koordinatalari: 45°31′08″N 122°40′42″W / 45.518910°N 122.678241°W / 45.518910; -122.678241
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hovuzdagi hayvonlar

2003-yilda Portland, Oregonda o‘zining ikki bolasi uchun baliq tutayotgan ona ayiq tasviri
Map
Rassom Georgia Gerber
Yil 1986-yil
Tur Haykaltaroshlik
Material Bronza
Joylashuvi Portland, Oregon AQSH bayrogʻi AQSh
Egasi Portlend shahri va Multnomah okrugi jamoat sanʼati toʻplamiga Mintaqaviy sanʼat va madaniyat kengashi ruxsati bilan kiritilgan

Hovuzdagi hayvonlar — bu amerikalik rassom Georgia Gerber tomonidan ishlab chiqilgan va AQShning Portland shtatidagi Oregon shahrida joylashgan Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy hududida yashovchi hayvonlarining bir necha bronza haykallari va favvoralar boʻlgan kichik maydon. Ushbu haykallar va favvoralar 1986-yilda MAX yengil temir yoʻli qurilishi bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari doirasida oʻrnatilgan. Shahar markazida isteqomat qiluvchi savdogarlar, mahalliy obodonlashtirish okrugi, TriMet va Qoʻshma Shtatlar Transport departamenti tomonidan moliyalashtirilgan haykallar shaharga sovgʻa sifatida taqdim etildi. Mazkur toʻplam Portland shahri va Multnomah okrugi Madaniyat kengashi va jamoat sanʼati toʻplamining bir qismi boʻlib qoladi.

Tavsif va tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hovuzdagi hayvonlar — bu amerikalik rassom Georgia Gerber tomonidan ishlab chiqilgan va 1986-yilda MAX yengil temir yoʻl qurilishi bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari doirasida oʻrnatilgan Tinch okeani shimoli-gʻarbiy hududi hayvonlarining yigirma beshta bronza haykallari va 10ta chuqurlikdagi favvoralaridan iborat[1][2]. Shahar markazidagi savdogarlar, mahalliy obodonlashtirish okrugi, TriMet va Qoʻshma Shtatlar transport departamenti tomonidan moliyalashtirilgan mazkur haykallar toʻplami shaharga sovgʻa sifatida taqdim etilgan[1]. Haykallar Portland shahar markazining janubi-gʻarbiy qismidagi Yamhill va Morrison koʻchalari kesishmasida, shuningdek, janubi-gʻarbiy beshinchi va oltinchi avenyular bilan chegaralangan hududda oʻrnatilgan[2][3]. Hovuzdagi hayvonlar Mintaqaviy sanʼat va madaniyat kengashining ruxsati bilan Portland shahri va Multnomah okrugi jamoat sanʼati toʻplamiga kiritilgan[4].

Georgia Gerber Hovuzdagi hayvonlarni interaktiv uslubda yaratishga uringan hamda ularni „odamlar uchun sanʼat asari“ deya taʼriflagan. Shuningdek, „Tinch okeanining shimoli-g‘arbiy yovvoyi tabiatini shahar markaziga qiziqarli va kutilmagan tarzda joylashtirgan“[1]. Tasvirlangan hayvonlar orasida ona ayiq oʻzining ikki bolasi bilan, qunduz, bugʻu, oʻrdak, suvsar va dengiz sherlari baliq tutayotgan tarzda tasvirlangan[5][6][7]. Favvoralar bahor, yoz va kuz fasllarida kun boʻyi ishlaydi[2][3].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqaviy sanʼat va madaniyat kengashining maʼlumotlariga koʻra, hayvonlar haykallari ommaviy sanʼat kolleksiyasidagi eng sevimli haykallardan biri hisoblanib, ularda yillar davomida haykallarni muxlislari tomonidan erkalanilishi va quchoqlashlari natijasida paydo boʻlgan koʻplab yorqin dogʻlardan koʻrish mumkin[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Public Art Search: Animals in Pools“. Regional Arts & Culture Council. 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 „SW Portland“. City of Portland. 2013-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Fountains in Parks“. City of Portland. 2013-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-yanvar.
  4. „Animals in Pools, 1986“. cultureNOW. 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-yanvar.
  5. Baskas, Harriet. Oregon Curiosities: Quirky Characters, Roadside Oddities, and Other Offbeat Stuff, 2, Globe Pequot Press, January 6, 2010 — 68-bet. ISBN 9780762762019. Qaraldi: 2014-yil 4-yanvar. 
  6. „Animals in Pools, Portland“. Yahoo! Travel. 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-yanvar.
  7. „#UglySweaterPDX Monumental Attire“. Downtown Portland and the Downtown Marketing Initiative. 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-yanvar.